Gvardiola va Klopp kimni talashyapti?
“Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibali bir necha grand klublarning asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda.
28 yoshli senegallik futbolchi ikki mashhur murabbiy Xosep Gvardiola va Yurgen Klopp o‘rtasida talash bo‘lmoqda. Har ikki murabbiy Kulibali transferi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni shaxsan nazorat qilmoqda.
Xususan, “Manchester Siti” rahbariyati “Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis bilan bog‘lanib, Kulibali uchun yaxshigina xarajat qilishga tayyorligini bildirgan. “Liverpul” bosh murabbiyi Klopp esa Kulibalining o‘zini Liverpulga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.
Fikrlar