Hamma shokda: Shomurodov bilan o‘ynagan futbolchi uchrashuvda yuragi to‘xtab, maydonga yiqildi! (foto)

  • 2 dekabr, 2024, 18:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya futbolida kutilmagan vaziyat yuzaga keldi. 1 dekabr kuni A Seriyaning 14-turi doirasida “Fiorentina” amaldagi chempion “Inter”ni o‘z maydonida qabul qildi.

Tecno

Birinchi bo‘limning 17-daqiqasida kutilmagan nozush holat yuzaga keldi. “Fiorentina”ning 22 yoshli hujumkor futbolchisi Edoardo Bove maydonga yuz tuban yiqildi. O‘zidan-o‘zi qulagan o‘yinchiga yordam berish uchun tibbiyot xodimlari yugurib keldi.

Har ikki jamoa vakillari bu holat telekameralarga tushib qolmasligi uchun Boveni o‘rab olishdi. Tez tibbiy yordam ko‘rsatilgach, 22 yoshli o‘yinchi shifoxonaga yuborildi va reanimatsiyaga yotqizildi.

Tibbiyot xodimlari Bovening yuragi bir muddat to‘xtab qolganini ma’lum qildi.

Ayni paytda Edoardo shifoxonada muolaja qilinyapti. Ahvoli yaxshilangani va barqarorligi aytilmoqda. Dastlabki kardiologik va nevrologik tekshiruvlar markaziy asab tizimi, yurak va nafas olish organlari faoliyatida o‘tkir buzilish yo‘qligini aniqladi.

Tez orada Bove yana bir bor chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Edoardo Bove “Roma” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.  Yarim himoyachi 2021 yilning yozida “bo‘rilar”ning asosiy jamoasiga jalb  qilingan.

Bove  bir necha pozitsiyada o‘ynay oladi. Rim klubini Joze Mourino boshqargan davrda o‘zi asosiy tarkibga qo‘shgan Edoardoni o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovga raqobatchi sifatida o‘ynatar edi.

Rimliklar iste’dodli futbolchini 2024 yilning 30 avgustida “Fiorentina”ga bir mavsumga ijaraga yuborishga qaror qilgandi. Yozni oxirida “Roma”ni tark etishi kutilgan Eldor Shomurodov esa, poytaxtda qoladigan bo‘ldi.

Edoardo Bove “Fiorentina”ga o‘tganidan keyin A Seriya va Konferentsiyalar ligasida jami 14 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.

Hozircha, kutilmagan muammoga duch kelgan yosh o‘yinchining futbolchilik faoliyatini davom ettirish imkoniyatini baholashga juda erta ekani ta’kidlanmoqda. Jahon futbolida bir necha futbolchi yurak bilan bog‘liq muammo tufayli professional faoliyatini yakunlashiga to‘g‘ri kelgan.

“Fiorentina” va “Inter” o‘rtasidagi uchrashuv o‘yinchilarning shok holatiga tushib qolgani va vaziyat ularning ruhiyatiga kuchli ta’sir qilgani tufayli to‘xtatildi va boshqa kuni davom ettirilishi lozim.

14-turni “Roma” va “Atalanta” ishtirokidagi bahs yakunlab beradi. Bu o‘yin o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarida alohida qiziqish uyg‘otmoqda. Chunki rim klubidagi legionerimiz Eldor Shomurodov jarohatidan qutilib, safga qaytgan.

Klaudio Raneri o‘zbekistonlik futbolchining mashg‘ulotlardagi harakatlaridan qoniqish hosil qilgan holda uni bo‘lajak o‘yin qaydnomasiga kiritdi.

Eldorni nimalar kutmoqda? Shomurodovga oid so‘nggi yangiliklar

Husanov “taxt”ni topshirdi, lekin...

“Lans” muxlislari Husanovning superklubga transferiga qanday munosabat bildiryapti?

Fayzullaev transferida “to‘ydan oldin nog‘ora qoqmaylik”!

Fayzullaev, Ispaniyani tanla!

Katta pul kerak: Husanov “Lans”ni qutqaradimi?

“Roma”: Argentinalik yulduz Shomurodovdan zo‘r emas!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!