Hujumchilar jangi: gol urolmayotgan Shomurodov yangi iqtidor Xyoylunnga qarshi!

  • 3 may, 2023, 18:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Spetsiya” jamoasining Italiya chempionatidagi vaziyati qaltis holatga kelib qoldi.

Tecno

Jamoani qutqarish uchun kulgan Leonarda Semplichi hali o‘ziga yuklatilgan vazifani qanday uddalash yo‘lini topgani yo‘q. Uning qo‘l ostidagi sakkizta uchrashuvda futbolchilar faqat bir marta – “Inter”ni sensatsion tarzda mag‘lub etdi.

Qolgan  o‘yinlarda jamoa ligada qolish uchun kurashayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri raqiblari bilan ham ochko ulashdi. Natijada 32-turdan keyin xavfli zonaning eng yuqori pog‘onasida turgan asosiy ta’qibchi “Verona” olti ochkolik farqni yo‘qqa chiqarib, “Spetsiya”ga etib oldi.

ff1746f2756659886f5cbe8ab1f0a106-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_835Xh_0

Endi liguriyaliklar mavsum oxiriga qadar bosim ostida to‘p tepadi. 33-turda Semplichi shogirdlari jiddiy raqib – “Atalanta” mehmoni bo‘ladi. Bergamoliklar Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan jamoa va “Spetsiya”dan har tomonlama kuchli.

Lekin Semplichi shogirdlari ana shunday qudratli raqib maydonida faqat g‘alaba uchun kurashishga majbur.

“Spetsiya” hujumdagi muammolardan qutilgani yo‘q. Mavsumda 13 ta gol urgan Mbala Nzola va asosiy tarkibga yorib kirgan Daniel Maldini bu gal ham jamoaga yordam bera olmaydi. Italiyaning deyarli barcha nashrlari hujum markazida Eldor Shomurodov o‘ynashini yozmoqda.

It aliya futbolini yoritib kelayotgan nufuzli manba –  footballnews24.it  jurnalisti Alessandro Di Lenarda bo‘lajak o‘yinda ikki hujumchi – Eldor Shomurodov va Rasmus Xyoylunn raqobatiga e’tibor qaratdi.

Daniyalik 20 yoshli hujumchi A Seriyadagi debyut mavsumida 28 ta o‘yinda o‘z hisobiga ettita gol yozdirib qo‘ydi. Yosh iqtidor egasi “Atalanta” tarkibidagi “bo‘rilar” – Luis Muriel va Duvan Sapata kabi mashhur to‘purarlarni raqobatda engdi va jamoasining asosiy ikki hujumchisidan biriga aylandi.

Chempionatning oxirgi qismi Shomurodovning ishtahasi ochiladigan palla hisoblanadi. Hamyurtimiz “Jenoa”da o‘ynab yurgan paytda so‘nggi oltita uchrashuvda beshta gol urib, to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan. O‘shanda legionerimiz “Atalanta” darvozasini ikki marta ishg‘ol qilgan edi. Bu Shomurodov uchun Italiyadagi faoliyatida qayd etilgan yagona dubl hisoblanadi.

“Atalanta” va “Spetsiya” turli turnirlarda jami 7 marotaba to‘qnash kelgan. A Seriyadagi beshta bahsda bergamoliklar uchta g‘alaba va ikki durang qayd etgan. Italiya kubogidagi yagona o‘yin ham “Atalanta” foydasiga hal bo‘lgan. Bir marta o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida “Spetsiya” yana mag‘lub bo‘lgan.

Taniqli jurnalist Alessandro Di Lenarda bo‘lajak bahsda jamoalar quyidagi tarkibdan foydalanishini taxmin qilmoqda.

“ATALANTA” (3-4-2-1): Sportiello; Toloy, Jimshiti, Skalvini; Male, De Roon, Ederson, Zappakosta; Kupmeyners, Boga; Xoylund. Bosh murabbiy: Jan Pero Gasperini.

“SPETsIYa” (4-3-3): Dragovski; Amyan, Ampadu, Nikolau, Bastoni; Ekdal, Burabia, Espozito; Gyasi, Shomurodov, Verdi. Bosh murabbiy: Leonardo Semplichi.

gettyimages-1467658306-2048x2048

Uchrashuv 3 may kuni kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Shomurodovning davri keldi...

Bu mamlakatda 20 nafar o‘zbek legioneri to‘p tepmoqda

Shomurodov hammasini o‘zgartirib yuborishi kerak edi...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Feyz
02/05/2023 21:59
Коррупцион футболчилар балки бизда билинмас, лекин европада асл холати мошдек очилиади.