
Husanov tayyorlan! Mashhur agent Jorje Mendesh Abduqodirni qaysi jamoaga joylaydi?
Yanvar oyida Abduqodir Husanovning faoliyatida keskin burilishlar bo‘lishi mumkin. “Lans” moliyaviy feyr-pley doirasida 40 million evrodan ko‘proq mablag‘ topishi shart. Evropaning grand klublari Husanov transferi bo‘yicha lansliklarga bosim o‘tkaza boshladi.
Evropa futbolini yoritib kelayotgan culturepsg.com sayti eksperti Jan Shemarin “Lans” atrofidagi vaziyatni sharhladi.
- “Lans”ni qishda tark etishi kutilayotgan Abduqodir Husanov “Pari Sen-Jermen” qidirayotgan markaziy himoyachi profiliga to‘liq mos keladi. Biroq bu o‘yinchi atrofida katta raqobat yuzaga kelgan.
2023 yilning yozida 100 ming evroga olingan futbolchini “Lans” yanvarda 300 baravar qimmatiga, ya’ni 30 million evroga transfer qilishi mumkin.
Husanov – hozir “Lans”ning eng zo‘r o‘yinchisi. Aynan shu futbolchini tarkibdagi joyini saqlab qolish uchun bosh murabbiy Uill Still ko‘p yillik taktik sxemadan voz kechib, to‘rtta himoyachi bilan o‘ynay boshladi. 20 yoshli universal himoyachi orqa chiziqning istalgan nuqtasida ishonchni oqlay oladi.
PSJ Husanovni qishda ketishi kutilayotgan Milan Shkrinyar va yaqin kelajakda jamoa sardori Markinosning o‘rniga himoya chizig‘ini boshqaradigan himoyachi sifatida tanlagan, - deb yozdi culturepsg.com sayti eksperti Jan Shemarin.
“Lans” moliyaviy muammolarini hal qilish maqsadida Husanov uchun 30 million evro atrofida haq talab qiladi. Klub rahbariyati o‘yinchining shu narx atrofida transferini tashkil qilishni mashhur agent Joje Mendeshga topshirdi.
- Jorje Mendesh Husanovga qiziqayotgan PSJ sport direktori Luis Kampush bilan do‘stona aloqaga ega. Bundan tashqari, portugaliyalik mutaxassis bu transferga Evropaning qator klublarini jalb qilishi mumkin.
Xususan, Jorje Mendesh o‘zining ko‘ptarmoqli aloqalariga tayangan holda bu jarayonga “Nyukasl”, “Lester Siti”, “Manchester Siti”, “Tottenxem”, “RB Leyptsig”, “Bayer”, “Napoli”, “Atletiko Madrid” kabi klublarni qamrab ola biladi.
Yuqorida nomi keltirilgan jamoalardan bir nechtasi Abduqodir Husanovni qishki transferlar vaqtida qo‘lga kiritishga urinib ko‘rmoqchi. Demak, vaziyatni kuzatmiz, - deb yozdi foot-sur7.fr eksperti Jan Lyuk.
Abduqodir Husanovning transfer narxi transfermarkt.world portalida 12 million evroga etgani qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha 20 yoshli legionerimiz Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi. Biroq “Lans” himoyachini qo‘yib yuborish uchun bu summadan anchagina yuqori narx talab qilmoqda.
Fikrlar
Manchester Yunayted 3 himoyachiga oʻtdi, tarkibda 6 ta markaziy himoyachilar bor. Magvayt, Jons, lendilof bu mavsum klubdan ketadi va MYU 3 ximoyachi bilan qoladi. Abduqodir darajasidagi ximoyachi bozorda bu narxga yoʻqligi sabab eng toʻgʻri variant boʻla oladi.
Real himoya chizigʻi bu mavsum juda yomon oʻynayabdi bunga sabab futbolchilar jarohati bilan boʻgʻliq va futbolchilar yetishmasligi. Abduqodir real uchun eng toʻgʻri qaror boʻla oladi.