Qani ko‘ramiz, endi Fayzullaev osmonda uchadimi yoki erda yuradimi?!

  • 21 dekabr, 2024, 21:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Evropaning “top-5” ligalaridagi futbolchilarimiz safi kengaya boshladi. Eldor Shomurodov Italiya chempionatida katta tajriba to‘plagan bo‘lsa, Abduqodir Husanov Frantsiya yuqori divizionida eng yaxshi himoyachilaridan biri sifatida porlamoqda.

Endi Ispaniya chempionatiga yosh futbolchi Lazizbek Mirzaev yo‘l oldi. La Liga vakili “Leganes” o‘zbekistonlik iste’dod egasini o‘z safiga qo‘shib oldi.

Evropaning kuchli chempionatlariga o‘tishi kutilayotgan o‘yinchilarimizdan yana biri sifatida Abbosbek Fayzullaev nomi tilga olinmoqda. Ayni paytda 21 yoshli hujumkor futbolchiga Frantsiyaning “Monako” va Ispaniyaning “Real Sosedad” kabi klublaridan qiziqish bo‘layotgani haqida axborot tarqatildi.

Fayzullaev o‘ynayotgan TsSKA jamoasining serbiyalik bosh murabbiyi Marko Nikolich o‘zbek futbolchisining Evropada o‘ynash imkoniyatiga baho berdi.

- Abbosbek Fayzullaev kelajakda kuchli futbolchi bo‘lib etishishi aniq. Joriy mavsumda ham u samaradorligini davom ettirmoqda.

Lekin menimcha, Fayzullaev bu yil o‘tgan mavsumdagidan yaxshiroq o‘ynashi kerak. Chunki u Premer-ligada ikkinchi mavsumini o‘tkazyapti.

Bu mavsum bizda sakkiz-to‘qqiz o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz uzun seriya bo‘ldi. O‘shanda bizning bu ko‘rsatkichimizni Abbosbek Fayzullaev va Ivan Oblyakovning yuqori saviyadagi o‘yini, gollari va assistlari ta’minlab berdi.

Agar shaxsan Abbosbek Fayzullaev haqida gapirsam, u mavsumni kutilganidan bo‘shroq boshladi. Chunki u bizning yig‘inlarni qoldirib, Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi, ma’lum muddatdan keyin jamoaga qaytib keldi.

Keyin muntazam ko‘tarila boshladi, ketma-ket beshta uchrashuvda jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi. Yil oxiriga kelib, o‘yini yana sal pasaygandek. Bunday pallada boshqa o‘yinchilar etakchilikni o‘z zimmasiga olishi kerak.

Abbosbek esa, biz unga hamon jiddiy tarzda suyana olishimizni ko‘rsatishi uchun oldindagi uchrashuvlarda o‘zini ko‘rsatishiga to‘g‘ri keladi.

21 yoshli iqtidor egasi Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi. Endi bunday mas’uliyatli e’tirofni qanday ko‘tarishini kuzatish juda qiziqarli bo‘lardi. Qani ko‘ramiz, osmonda uchadimi yoki erda yuradimi?!

Fayzullaevning kelajagi bor. U xorijda o‘ynay olishi aniq. Chunki o‘yin sifati yuqori, - dedi Marko Nikolich.

Abbosbek Fayzullaevning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan. Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida hamkorlikni yana bir mavsum uzaytirish imkoniyatiga ega.

Transfermarkt portali ekspertlari 21 yoshli hujumkor futbolchining transfer summasini sakkz million evroga ko‘tardi.

Frantsiya va Ispaniyadan bo‘lgan chorlov ortidan Fayzullaevning maoshi oshdi!

Grand klublar o‘zbekistonlik 17 yoshli yangi talant uchun kurash boshladi

“Roma” Shomurodov bo‘yicha qanday qarorga keldi?

Husanov “yondiryapti”, u katta o‘zgarish qildi!

Fayzullaev charchab qoldi...

Fayzullaev otlan, Evropaga ketadigan payt keldi!

Kim tezkor: Shomurodov yoki Dibala? (foto)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Исмаилов Бахтияр
21/12/2024 11:55
Мавзу гап саситишми нима у ?
Ганиев Toир
19/12/2024 19:21
Реал Сосьедад Зур жамоа бозори хам Зур. Уйинлари томошабоп.