Husanovga Angliyadan uch klub xaridor, “Lans” katta narx belgiladi!

  • 22 oktabr, 2024, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Lans" klubining 20 yoshli  universal himoyachisi Abduqodir Husanovning nomi Evropada yanada ko‘proq yangramoqda.

Tecno

Avvaliga “Lans”ning, keyinchalik Frantsiya chempionatining eng zo‘r himoyachilardan biriga aylangan legionerimiz Evropada ham nom qozona boshladi.

Bir necha nufuzli manbalar Abduqodir Husanovga Angliya Premer-ligasi klublari xaridor bo‘layotganini yozmoqda.

Ta’kidlash joizki, Angliya klublari frantsiyalik charm to‘p ustalari yoki Liga 1 o‘yinlarida o‘zini ko‘rsatgan legionerlarni transfer qilishga alohida e’tibor qaratadi. Frantsiya klublarida yosh iste’dodlarni kashf qilib, ularni tarbiyalab, kuchli futbolchi qilib etishtirganidan keyin grand klublarga transfer qilish amaliyoti yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Aksariyat frantsuz klublari shu tariqa byudjet to‘ldiradi.

“Lans” ham bundan mustasno emas.

Yaqinda bir necha manbalar Londonning “Arsenal” klubi Frantsiya chempionatidan olingan Vilyam Saliba va Gabriel Magalyaes transfer muvaffaqiyatli chiqqanidan keyin yana Liga 1 klublaridan yangi o‘yinchi qidirayotgani va “kanonirlar” nishoniga hozir “Lans”da porlayotgan o‘zbek futbolchisi tushganini yozgandi.

Endi yana bir nufuzli manba – jeunesfooteux.com portali eksperti Jastin Favr Abduqodir Husanovga Angliya Premer-ligasining ikki mashhur klubi da’vogarlik qila boshlaganini e’lon qildi.

- Abduqodir Husanov 20 yosh bo‘lishiga qaramay, o‘zining ishonchli o‘yini, etuk mahorati va jamoaga ta’sir o‘tkaza olish qobiliyati bilan o‘z pozitsiyada Liga 1ning eng xzo‘r o‘yinchilaridan bo‘lib turibdi. Bir necha ommaviy axborot vositalari unga Premer-liga klublari qiziqayotgani haqida axborot tarqatdi. Bu klublar qatoriga “Nyukasl” va “Everton” ham qo‘shildi, - deb yozmoqda Jastin Favr.

Manbaning ta’kidlashicha, “Lans” rahbariyati mavsum oxirida o‘zbek legioneriga yaxshi taklif bo‘lsa, uni qo‘yib yuborishi mumkin ekan.

- “Lans”ga 2023 yilning yozida 100 ming evro evaziga olib kelingan Abduqodir Husanov himoya chizig‘i etakchisi Kevin Danso yo‘qligida uning o‘rnini egallab oldi. Endi avstriyalik himoyachi safga qaytganida Jonatan Gradit o‘ng qanotdagi joyini juda ishonchli o‘ynayotgan o‘zbek futbolchisiga bo‘shatib berdi. Dansoning qaytishini Husanovni asosiy tarkibdan chiqara olmadi.

“Lans” klubi direktorlar kengashi o‘z pozitsiyasida Evropaning eng zo‘r o‘yinchilaridan biriga aylanib borayotgan o‘zbekistonlik legionerning transfer summasini 25-30 million evroga baholayapti.

Agar o‘zbek futbolchisi shu tarzda o‘yinini kuchaytirib boradigan bo‘lsa, mavsum oxirida yaxshi takliflar bilan “Lans” eshigini qoqadigan xaridorlar ko‘payib borishiga ishonchimiz komil, - deydi jeunesfooteux.com portali eksperti Jastin Favr.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda 20 yoshli legionerimizning transfer summasi 5 million evroni tashkil qilmoqda. Biroq transferlar bo‘yicha ekspertlar mavsum oxiriga borib, Husanovning transfer narxi yanada ko‘tarilishini ta’kidlayapti.

Husanovga Angliya chempionligi uchun kurashayotgan superklub qiziqmoqda!

Yangi pozitsiyada raqibni titratgan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

Bunaqasini Husanovdan hech kim kutmagan edi...

 

Bu ish amalga oshsa, Fayzullaevning narxi ko‘tarilib ketadi!

O‘zbekiston himoyasini mustahkam ushlab turgan Husanovning o‘yini Evropada qanday baholanyapti?

Rossiyada O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqishiga ishonishyapti

Husanov Evropada cho‘qqiga ko‘tarilyapti!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abduraxmonov Zaxriddin
21/10/2024 20:21
Абдукодир хакида икки Кун ичида туртинчи хабар, ишкилиб куз тегиб колмасинда....
Янгиликларни кутиб коламиз, ...
Javlonbek Abduroupov
22/10/2024 08:13
Катанецни ёмонлаш кере булса устига чикиб чичишасан 1та хабарни 5 марталаб чикарасанда яна профессионаллик хакида гапиришасан зайбал килишдинг 1 та хабарни кайта кайта чикариб сенлар икки дунёда профессионал журналист булолмайсанлар яна Катанецни кутини ковлайсан олдин узингникини тозалаб олишгин