Husanovni Angliya grandlari safida ko‘ramizmi? Jarayon boshlandi...

  • 6 noyabr, 2024, 07:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lans”da porlayotgan Abduqodir Husanovga grand klublardan birinchi bo‘lib PSJ e’tibor qaratgan edi. Parij klubi mutasaddilari 20 yoshli legionerni bir necha haftadan beri muntazam kuzatib kelmoqda.

Tecno

Biroq bir necha manbalar O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi uchun kurashda Evropaning boshqa katta klublarining imkoniyatini parijliklarnikidan yuqori baholamoqda.

Sports.uz portali ayrim nufuzli manbalar va taniqli ekspertlarning Abduqodir Husanov transferi bo‘yicha berayotgan eng oxirigi ma’lumotlarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

Basten Ober, butfootballclub.fr portali eksperti:

PSJ va “Lans” o‘yinining 60-daqiqasida maydondan chetlatilgan Abduqodir Husanovni Angliyaning ikki yirik klubi sinchkovlik bilan kuzatib kelmoqda.

Qishki transferlar  mavsumi yaqinlashgani sari “Lans” o‘zining 20 yoshli himoyachisiga joriy chempionatda qattiq suyanib qolganiga qaramay, uni transfer qilishga harakatlar kuchayib, ko‘payib boraveradi.

Londonning ikki jamoasi – “Chelsi” va “Tottenxem” Frantsiya chempionati vakili “Lans”dan Abduqodir Husanovning transferi bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni so‘ragan va o‘z so‘rovlariga javob kutmoqda.

O‘zbek futbolchisini nishonda ushlab turgan klublar qatorida Frantsiyaning amaldagi chempioni PSJ ham bor. Biroq London klublari uni parijliklarga qoldirmoqchi emas.

Kevin Danso, “Lans” futbolchisi:

- Abduqodir Husanov – buyuk o‘yinchi, hamma buni ko‘rdi. Men buni o‘tgan mavsumdan beri yaxshi bilaman.

Agar u Evropaning eng mashhur klublaridan kelganida, uning transferi 100 million evroga tushgan bo‘lardi.

Kleman Vales,  dailymercato.com sayti eksperti:

Frantsiya chempionatining haqiqiy kashfiyotiga aylangan Abduqodir Husanovning transfer bozoridagi reytingi oshib bormoqda.

“Chelsi” va “Tottenxem” lansliklardan transfer ma’lumotlarini so‘ragan. “Lans”  Liga 1 o‘yinlarida ketma-ket ikki bor mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, hamon chempionatning himoyasi eng mustahkam jamoasi bo‘lib turibdi. Bunda darvozabon Bris Samba bilan Abduqodir Husanovning hissasi katta.

Husanov ketma-ket ikki oy “Lans”ning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgandi. Endi Frantsiya chempionatida oktyabr oyining eng yaxshi yosh o‘yinchisi, deb e’tirof etildi.

O‘zbek himoyachisi bu nominatsiyada “Marsel”ning angliyalik hujumchisi Jonatan Rou va “Lion”ning belgiyalik yarim himoyachisi Malik Fofanani ortda qoldirdi. Bu so‘rovnomada Husanov 46,9 foiz ovoz olib, ta’qibchilari katta farq bilan ortda qoldirdi. Xususan, Rouga 28,2, Fofanaga 24,9 foiz respondent ovoz bergan.

Bundan tashqari,  Sofascore portali o‘zbek futbolchisini 21 yoshgacha bo‘lgan dunyoning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatiga ham kiritdi.

Bu futbolchini 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo kubogi musobaqasida Batist Fave kashf qilgan. Uning transferi “Lans”ga 100 ming evroga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov futbolning dastlabki sir-asrorlarini “Bunyodkor” tizimida o‘rgangan. Keyinchalik Belarus chempionatida “Energetik-BGU” jamoasida professional faoliyatini boshladi. 2023 yilning yozidan “Lans” futbolchisi hisoblanadi.

Uni olamizmi? PSJ yulduzlarini “to‘kib tashlagan” Husanovga Parij klubining munosabati qanday?

Legionerimiz Rossiya terma jamoasiga maslahat berdi

Fayzullaev bilan do‘stlikni to‘xtatamiz!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!