Ikardi qishda PSJni tark etishi mumkin

  • 17.09.2019 10:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ forvardi Mauro Ikardining agenti xotini hisoblangan Vanda Nara argentinalik futbolchining qishki transferlar davrida “Napoli”ga ko‘chib o‘tishi mumkinligini iste’sno etmadi.

“Napoli” Ikardi uchun sarflamoqchi bo‘lgan pullarni o‘z seyfida saqlab qolgan. Yanvarda nimadir sodir bo‘lishi mumkin”, - deydi Nara.

Eslatib o‘tamiz, PSJ Ikardini “Inter”dan keyinchalik 70 mln evroga sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!