
“Kalyari”: Shomurodov ortga qaytadi!
FIFA kunlari munosabati bilan o‘z mamlakatlari terma jamoalariga jalb qilingan futbolchilar o‘z burchlarini bajarib, endi klublari ixtiyoriga qaytadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng yaxshi to‘purari Eldor Shomurodov bosh murabbiy Srechko Katanets taklifi bilan AQShda tashkil etilgan xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashdi.
Italiya matbuoti “Kalyari” hujumchisining terma jamoadagi faoliyatini ham alohida e’tibor bilan kuzatib bormoqda. Manbalar Shomurodov bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qildi.
AQShda terma jamoamiz ikkita o‘rtoqlik o‘yinida qatnashdi. Sent-Luis shahrida mezbonlarga qarshi bahsda vakillarimiz darvozadan uchta to‘p o‘tkazib yubordi. Eldor Shomurodov faol o‘ynashga harakat qildi, lekin darvozabon bilan birga bir vaziyatda imkoniyatni boy berib, gol ura olmagani bilan ko‘zga tashlandi.
Srechko Katanets Atlanta shahrida Meksika terma jamoasiga qarshi bo‘lgan o‘rtoqlik o‘yinida Shomurodov xizmatidan foydalanmaslikka qaror qildi. Terma jamoamiz vakillari “Kalyari” hujumchisiz ham o‘ynay olishini ko‘rsatib, meksikaliklar posboni Gilermo Ochoani o‘z darvozasidan uchta to‘p olib chiqishga majbur qildi.
- “Kalyari” hujumchisi Eldor Shomurodov 3:3 hisobida yakunlangan O‘zbekiston va Meksika o‘rtasidagi bahsni 90 daqiqa zaxira o‘rindig‘idan kuzatdi. Endi o‘zbek futbolchisi ortga – Sardiniyaga qaytishga tayyor. U “Kalyari” va bosh murabbiy Klaudio Raneri ixtiyorida bo‘ladi. Jamoa 17 sentyabr kuni o‘z maydonida “Udineze”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda, - deb yozdi cagliarinews24.com jurnalisti Lorentso Shirru.
- “Kalyari”ni oldinda Andrea Sottilning “Udineze”siga qarshi bo‘ladigan qiyin bellashuv kutib turibdi. Hamma sardiniyaliklardan o‘z maydonidagi birinchi g‘alabani kutyapti. Biroq Klaudio Raneri boshchiligidagi murabbiylar shtabi o‘z mamlakatlari terma jamoalariga jo‘nat ketgan o‘yinchilarning jismoniy va ruhiy holatini o‘rganib chiqishiga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, klub mutasaddilari xalqaro o‘yinlarda qatnashgan urugvaylik Naytan Nandes va o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov holatini to‘g‘ri baholashi talab etiladi, - deb yozmoqda italiyalik jurnalist Diego Demurtas.
- O‘zbekiston 13 yanvardan boshlab, Osiyo kubogining final bosqichida ishtirok etadi. Meksikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Bobur Abduxoliqov, Azizbek Turg‘unboev va Otabek Shukurov gol urdi.
“Kalyari” vakili Eldor Shomurodov ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida bir daqiqa ham o‘ynamadi. Hujumchi hali ham yuqori sport formasini tiklab olmagan. Endi u Italiya chempionatida Klaudio Raneri qo‘l ostida tayyorgarlikni davom ettiradi, - deb yozdi calciocasteddu.it jurnalisti Ignatsio Kaddeo.
“Kalyari” o‘tgan mavsumda pley-off bahslarida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Bari”ni mag‘lub etib, yuqori divizion yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Jamoani A Seriyaga olib chiqqan Klaudio Raneriga “Kalyari”ni yuqori ligadagi joyini saqlab qolish vazifasi qo‘yilgan.
Biroq debyutantga oson bo‘lmayapti. Sardiniyaliklar dastlabki uchta uchrashuvdan faqat bir ochko ishlay oldi. Jamoaga katta umidlar bilan olib kelingan Eldor Shomurodov jismoniy tayyorgarligi etarli darajada bo‘lmagani bois, o‘zini ko‘rsata olmayapti.
O‘zbek futbolchilari mashhur darvozabonni bezdirib qo‘ydi
O‘zbekistonning gollari meksikaliklarni qattiq xavotirga solib qo‘ydi
“Barsa” yulduzi nega Messining emas, Shomurodovning sevimli raqamini tanladi?
Shomurodovga yordam kerak!
O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi
Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...
Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham etarli!
Husanov jamoasi haqida hayratlanarli fakt!
Shomurodov transferi o‘zini oqlaydimi?
Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?
Fikrlar