Kechagi kunning muhim xabarlari
Kecha saytimizda o‘zbek va xorij sportiga oid ko‘plab xabarlar chop etildi. Ular orasida saytimiz kuzatuvchilari quyidagilarni ko‘proq mutola qilishdi.
Siz kechagi kuning muhim xabarlarini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, unda bu siz uchun ayni muddao.
• Ektor Kuper kuzatayotgan Germaniyadagi futbolchimiz Manuel Yantser. U 1992 yil 7 mart kuni Germaniyaning Alen shahrida tug‘ilgan. 178 sm bo‘yga ega, yarim himoyachi, Germaniya fuqarosi va hozirda Germaniya uchinchi divizionida ishtirok etuvchi "Ayntraxt" (Braunshveyg) klubi a’zosi.
Ektor Kuper matbuot anjumanlarining birida Germaniya 3 divizionidagi futbolchimizni kuzatayotganligini ta’kidlab o‘tgan edi.
• Terma jamoamizga chaqirilmay qo‘ygan ammo bir qancha muxlislarning yoqimtoyi bo‘lgan Vitaliy Denisov va Sardor Rashidovning transfer narxlari o‘zgardi. Ikki futbolchimining transfer narxi 0.5 mln evroga arzonlashdi.
• «Navbahor» jamoasining sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov yana vodiyda. Aniqrog‘i, u ayni paytda Andijonda bo‘lib turibdi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining oldingi rahbariyati tomonidan besh yilga futboldan chetlashtirilgan murabbiy nega va nima maqsadda Andijonga kelgani sizni qiziqtirishi tabiiy.
• Neymar Parijda ortiq o‘ynashni istamayapti. Hujumchi jamoa prezidenti Nasseru Al Xelaifiga klubni tark etishini va "Barselona"ga qaytishini aytgan.
• Kecha O‘zbekiston kubogida 3-bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. "Andijon" o‘z maydonida "Buxoro"ni qabul qildi va 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kirdi. "Surxon" ham katta qiyinchilik evaziga "Rash-Milk"ni engishga erishdi. Shu tariqa, ushbu ikki klub keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
• Qatar davlati JCh-2022 mezbonligidan mahrum etilishi mumkin. 18 iyun kuni UEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini JCh-2022 mezbonligini aniqlashda korruptsiyaga aloqadorlikda gumonlanib, qo‘lga olingandi. U mundial mezbonini aniqlashda Frantsiyaning o‘sha paytdagi prezidenti Nikolya Sarkozi va Qatar amiri Tamim bin Hamad Al Tani bilan uchrashganlikda gumonlanmoqda.
• Kataloniyaning “Barselona” klubi PSJ bilan braziliyalik hujumchi Neymarning transferi borasida muzokaralar o‘tkazmoqda. "Barselona" Neymar uchun PSJga 100 mln evro va unga qo‘shimcha tarzda 3 futbolchidan birini bermoqchi.
• Mirzahakim To‘xtamirzaev O‘FAdagi o‘zgarishlar, bollar futboliga berilishi kerak bo‘lgan e’tibor va O‘FAning yangi rahbariyatiga savollarini yo‘lladi.
• "Andijon" klubining yangi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov muxlislardan uzr so‘radi va ularni xuddi Ektor Kuper kabi sabrli bo‘lishga chaqirmoqda.
• Neymar o‘tgan mavsum EChL 1/8 final bosqichi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi (1:3) o‘yindan so‘ng uchrashuv hakamlarini haqorat qilgan edi. Shu bois hujumchi UEFA tomonidan 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Tashkilot parijliklarning mazkur qaror yuzasidan bildirgan appelyatsiyasini rad qildi va hukm o‘z kuchida qoldi.



Fikrlar