Koutino Messisiz “Barsa”ga ishonmadi
Ronald Kuman jamoada o‘z o‘rnini topa olmagan Filippe Koutino bilan shaxsan gaplashganidan keyin, braziliyalik pleymeykerga katta umid bog‘layotganini va uni Kataloniyada olib qolishini bildirgan edi.
Biroq, Koutino kataloniyaliklarga ishonmadi. U yangidan shakllantirilayotgan “Barselona”da to‘p surmoqchi emas. Uning maqsadi Angliya premer-ligasiga qaytish. Mohir pleymeykerga “Arsenal”, “Chelsi” va t”Manchester Yunayted”dan taklif bor.
O‘z navbatida, “Barselona” sardori Lionel Messining ham Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tish ehtimoli katta. Argentinalik to‘purar Kuman qo‘l ostida o‘ynashni istamayapti.

Fikrlar