Kuman kutayotgan futbolchi keladimi?
“Barselona” rahbariyati “Inter”ga o‘tishi kutilayotgan Xuan Firpo o‘rniga yangi nomzod topdi. Bosh murabbiy Ronald Kuman shogirdlari orasida “Valensiya”ning qanot himoyachisi Xose Gayyani ham ko‘rmoqchi.
Xose Gayyaning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha imzolangan. Unga ko‘ra, 24 yoshli ispaniyalik himoyachini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klub 50 million evro miqdorida mablag‘ ajratishi kerak.
Biroq, “Barselona” bu summani pasaytirilishiga ishonmoqda. Qolaversa, kataloniyaliklar jamoadan ketishi kerak bo‘lgan Firponing transferini 40 million evroga baholamoqda.

Fikrlar