Legionerimiz Italiyada o‘ynay oladigan futbolchi borligini aytdi

  • 6 noyabr, 2024, 08:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Rustam Ashurmatov 2023 yilning boshidan beri Rossiyaning “Rubin” klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Tecno

28 yoshli futbolchimiz rossiyalik jurnalistlar bilan suhbatda jamoadoshi Mirlind Daku haqidagi savollarga ham javob berdi.

— Daku keyingi paytda nega gol urolmay qoldi?

Biz ko‘proq himoyadan o‘ynashga o‘tdik. Shu bois unga oldingi chiziqda yakka o‘zi qolib ketib, gol urishga qiynalyapti.

Bundan tashqari, u hozir murakkab jarayonlarni boshdan o‘tkazyapti, deyishimiz mumkin. Lekin biz unga gol urishi uchun yordam beramiz.

— Bosh murabbiy Rashid Rahimov Dakuga A Seriya klublari qiziqish bildirganini aytdi. Bunga uning saviyasi etadimi?

— Mirlind — sifatli o‘yinchi. Albatta, u Italiyada o‘ynay oladi. Lekin ayni paytda u kelajakda nima qilmoqchi ekanini bilmaymiz.

“Rubin” klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Mirlind Dakuni 2023 yilning yozida Xorvatiyaning “Osiek” jamoasidan 1,2 million evro evaziga transfer qilgan edi.

Daku Rossiyaga kelganidan keyin “Rubin” safida jami 46 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ettita golli pas uzatdi.

Joriy mavsumda Daku Rossiya Premer-ligasining dastlabki oltita turida beshta gol urib, muxlisu mutaxassislar e’tiborini o‘ziga qaratgan edi. Keyinchalik uning samaradorligi to‘xtadi va qolgan sakkizta bahsda o‘z hisobiga atigi bitta gol yozdirib qo‘ydi xolos.

Daku faoliyatining katta qismini Kosovo, Albaniya, Xorvatiya va Sloveniyaning turli klublarida o‘tkazdi. Xalqaro miqyosda 2023 yilning sentyar oyidan beri Albaniya terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Hozircha sakkizta uchrashuvda qatnashib, bir marotaba gol urdi.

“Rubin”ning etakchi himoyachilaridan hisoblangan Rustam Ashurmatov Qozon shahriga 2023 yilning yanvarida ko‘chib borgan. Rustam Ashurmatov yarim mavsum davomida qozonliklarning Premer-ligaga yo‘llanma olishiga yordam bergan. O‘sha yili “Rubin” birinchi liga g‘olibi sifatida yuqori divizionga chiqdi.

Ashurmatov “Rubin” safida jami 38 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini uch  marotaba ishg‘ol ham qilgan.

Tajribali markaziy himoyachimiz Rossiyaga borgunga qadar yurtimizda “Bunyodkor”, “Qo‘qon -1912”, “Navbahor”, Janubiy Koreyada “Gvangju” va “Kanvon” kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Rustamjon 2017 yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisi hisoblanadi. Hozirgacha 38 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘ygan.

Ashurmatovning “Rubin” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilnng 30 iyuniga qadar davom etadi.

Husanovni Angliya grandlari safida ko‘ramizmi? Jarayon boshlandi...

Raqiblar Fayzullaev tufayli beshta sariq kartochka oldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!