
Legionerimiz ro‘za haqida fikr bildirdi
O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Rossiya Premer-ligasi jamoalari orasidan “Rubin”ga ham muxlislik qilayotgan bor gap. Sababi qozonliklar safida ikki futbolchimiz – Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonov o‘ynaydi.
Tajribali himoyachi Rustam Ashurmatov keyingi paytda jamoaning asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanib bormoqda.
“Rubin” navbatdagi uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazib, “Axmat” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va ochkolari sonini 32 taga etkazib oldi.
Bahsda to‘liq o‘ynagan va g‘alaba katta hissa qo‘shgan Rustamjon Ashurmatov sport.evening-kazan.ru saytiga o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
- Bunday o‘yinda ochko yo‘qotish alam qilardi. O‘yinning oxirida himoyani mustahkam ushlashga to‘g‘ri keldi.
Men asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandimmi? Boshlang‘ich tarkib o‘yinchisi bo‘lishga urinyapman, lekin hammasini bosh murabbiy hal qiladi.
Ro‘za tutish qanchalik og‘ir? Biz ro‘zani bolaligimizdan beri tutamiz, shuning uchun bizga ro‘za hech qaday muammo tug‘dirmaydi, - dedi Rustamjon Ashurmatov.
27 yoshli himoyachi “Bunyodkor” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini “Qo‘qon-1912” jamoasida boshlagan.
Keyinchalik “Bunyodkor”ga qaytib, to‘rt mavsum o‘ynaganidan keyin Janubiy Koreyaga yo‘l oldi. Legioner sifatida “Kvandju” va “Kanvon” jamoalarida faoliyat yuritdi.
2022 yili yurtimizga qaytib, “Navbahor”dan qo‘nim topgan tajribali himoyachi Superligada uzoq qolmadi.
Ashurmatov 2023 yilning boshida o‘sha payt Rossiya chempionatining birinchi ligasida ishtirok etayotgan “Rubin”ga ko‘chib o‘tdi. Rustam birinchi ligada yarim mavsum o‘ynab, qozonliklarning Premer-ligaga yo‘llanma olishiga yordam berdi.
Joriy mavsum Rossiya Premer-ligasida 11 marotaba maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, bitta gol urishga ham erishdi. Bundan tashqari, Rossiya kubogida ham besh marotaba o‘yinda qatnashdi va bitta gol urdi.
Ashurmatov O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan hisoblanadi. Xalqaro miqyosdagi faoliyatini 2017 yili boshlagan himoyachi bugungi kunda qadar jami 34 ta bellashuv o‘tkazib, yaqinda Gonkong darvozasiga terma jamoamizdagi ilk golini kiritdi.
Rustamjon Ashurmatovning “Rubin” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha amal qilishi belgilangan.
Sensatsion natija oqibatida Umarov va Yaxshiboev ustozsiz qolishi mumkin
Fayzullaev Kvinsi Promesning o‘rnini egallashi mumkin
TsSKA Fayzullaevni Osiyo kubogiga qo‘yib yubormayotganiga munosabat bildirildiLegionerimizning supergoli foydasiz ketdi
Fikrlar