Legionerlarimiz “yorvordi”: Debyut, assist va uchta gol!

  • 29 may, 2022, 22:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Balerus chempionatida “Energetik-BGU” navbatdagi g‘alabasini nishonladi. Minsklik talabalar o‘ninchi tur uchrashuvida “Slaviya” futbolchilarini qabul qilib, yirik hisobda zafar quchdi.

Tecno

Oldinga o‘tib aytish joizki, “Energetik-BGU”ning bu g‘alabasida o‘zbek legionerlarining hissasi juda katta bo‘ldi.

O‘z maydonida to‘p tepgan “talabalar” butun o‘yin davomida hujumkor futbol namoyish qildi. Birinchi bo‘limda mezbonlar sardori Aleksandr Svirepa ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dublga erishdi. Svirepaning ikkinchi goliga jarima maydonchasida juda aniq o‘ynagan Bobur Abduxoliqov assistentlik qildi.

O‘yinning ikkinchi yarmi to‘laligicha o‘zbekistonlik futbolchilarga bag‘ishlandi. Iste’dodli yarim himoyachi Shohruhbek Abdurahmonov bir necha raqib himoyachilarini ortda qoldirib, “Slaviya” darvozasiga jamoasining uchinchi to‘pini joyladi.  Bu ilk bor legioner maqomida to‘p surayotgan 23 yoshli yarim himoyachimizning birinchi goli sifatida qayd etildi.

Shohruhbek hisobida Belarus chempionatida ikkita assist ham bor.

38890_16eac77c61e919539e819750d3b3106b

Keyin katta sahnaga Belarus oliy ligasida o‘zini ko‘rsatib kelayotgan Bobur Aduxoliqov katta sahnaga chiqdi. Qashqadaryo tarbiyaluvchisi raqib maydonchasida chaqqonlik qilib, jamoasining to‘rtinchi goliga muallif bo‘ldi.

E’tiborli jihati shundaki, Bobur o‘n birinchi golini kiritdi va to‘purarlar poygasidagi peshqadamligini yanada mustahkamlab oldi. To‘purarlar raqobatida Boburning eng yaqin ta’qibchisi hisoblangan Aleksandr Svirepa (“Energetik-BGU”), o‘tgan yilgi snayper Dembo Darbo (“Shaxter-Soligorsk”, ) Vladimir Xvashinskiy (“Minsk”) va Aleksandr Makas (“Gomel”) hisobida beshtadan aniq zarba bor.

Bundan tashqari, Abduxoliqov chempionat o‘yinaridagi assistlari sonini to‘rtta etkazib oldi. Legionerimiz ushbu bahsdan so‘ng gol+pas tizimi bo‘yicha jami 15 ochko jamg‘arib, chempionatning eng samarali o‘yinchisi bo‘lib turibdi.

Belarus chempionati boshlanganidan beri Bobur Abduxoliqov, Shohruhbek Abdurahmonov, Abdulqodir Husanov barcha uchrashuvlarda faol ishtirok etib, jamoasining g‘alabalariga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan bo‘lsa,  “Energetik-BGU”dagi yana bir legionerimiz 22 yoshli Abbosbek Jumaqulov o‘rinbosarlar safida o‘ynab kelayotgan edi.

Nihoyat, “Slaviya”ga qarshi uchrashuvda Abbosbek ham asosiy jamoadagi debyutini nishonladi. Ikkinchi bo‘limda o‘yin qo‘shilgan futbolchimiz faol harakatlari bilan ajralib turdi. Bahsning 83-daqiqasida Abbosbek raqib jarima maydonchasina yorib kirdi va himoyachi uni qo‘pollik bilan to‘xtatdi.

Hakam tomonidan belgilangan penaltini Abdulqodir Husanov aniq bajarib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi – 5:0.

Bu 18 yoshli Abdulqodirning chempionatdagi ikkinchi goli bo‘ldi. Uning hisobida ikkita assist ham bor.

Shu tariqa, to‘rt nafar legionerimiz o‘ynagan uchrashuvda muhim g‘alaba qo‘lga kiritildi. Bu muvaffaqiyatdan keyin “Energetik-BGU” 22 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi va peshqadam BATEni ta’qib etmoqda.

20220520113206

Belarusdagi yana bir legionerimiz – Shahboz Umarovni o‘ynatmayotgan BATE musobaqa peshqadami hisoblanadi. Borisovliklar boshqalardan bir o‘yin kam o‘tkazgan holda 23 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda.

Shomurodovning imkoniyatlarini “Tottenxem” sinovdan o‘tkazadi!

Shomurodovga “Roma”dan yangilik!

O‘runov “Spartak”ga qaytadi! Keyinchi?..

Shomurodov jamoasi Konferentsiyalar ligasidagi g‘alaba uchun qancha pul oladi?

Birortang Shomurodovga etolmadingku!

“Spartak” O‘runovni suhbatga chorladi. Maqsad aniq!

Legionerimiz: Murabbiy men bilan gaplashmay qo‘ydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!