“Milan”ning hozirgi futbolchilari zahiraga ham yaramas emish
“Milan” klubining sobiq hujumchisi Antonio Kassano kelajakdagi rejalari va “Milan” haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Menda Xitoydan takliflar bor. Ammo haqiqiy futbol Evropada. Mening maqsadim uyga yaqin joyda o‘ynash.
“Milan” ustozi Vinchentso Montella 10 ballik tizimda 10 bahoga loyiq. Hozirgi “Milan” o‘rtamiyona futbolchilardan tuzilgan. Men o‘ynagan vaqtimda ular zahiraga ham yaramas edi. Ular “Milan” darjasidagi futbolchi emas”, - deb aytib o‘tdi hozirda erkin maqomida bo‘lgan Kassano “Tiki Taka” deb nomlangan shou vaqtida.



Fikrlar