O‘zbekiston Qatarni necha marta yutgan? Bu gal nima bo‘ladi?

  • 14 noyabr, 2024, 08:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

2026 yili AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan jahon chempionatining Osiyo mintaqasi saralash turniri uchinchi bosqichi 5-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Qatar futbolchilari bilan kuch sinashadi.

Srechko Katanets shogirdlari A guruhidagi dastlabki to‘rtta turda uchta g‘alaba va bitta durang qayd etgan va Eron futbolchilari bilan birga birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Noyabr oyida Qatar va KXDR bilan bo‘ladigan safar uchrashuvlaridagi ijobiy natijalar hamyurtimizni jahon chempionatiga yanada yaqinlashtiradi.

Qatar bu bosqichda muxlisu mutaxassislar ishonchini to‘liq oqlayapti deyish qiyin. Arablar to‘rtta o‘yinda bittadan g‘alaba va durang qayd etib, to‘rt ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Umuman olganda, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatardan kuchli hisoblanadi va bo‘lajak bahsda ham ijobiy natida qayd etishi kutilyapti. O‘zaro bellashuvlar statistikasi ham o‘zbek futbolchilarining ustunligini aks ettirgan.

Statistakaga ixtisoslashgan wildstat.ru saytining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari o‘zaro 15 marotaba to‘qnash kelgan. Bellashuvlardan 9 tasida o‘zbeklar, uchtasida qatarliklarning qo‘li baland kelgan, uch marotaba kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati ham 25 ga 14, o‘zbeklar foydasiga.

Qatar faqatgina FIFAning joriy reytingida O‘zbekistondan yuqorida xolos va bu arablarning yagona ustunligi hisoblanadi. Jahon reytingida Qatar 35-qatorda, O‘zbekiston 62-pog‘onada qayd etilgan.

Yana bir statistik portal –  soccer365.ru ekspertlarining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston va Qatar futbolchilari ilk bor 2000 yilning 14 oktyabrida Osiyo kubogi doirasida o‘zaro to‘qnash kelgan va unda kuchlar teng kelgan.

Bir yildan keyin jahon chempionati saralashida futbolchilarimiz o‘zaro raqobatdagi ikkita bahsdan dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritgan va ikkinchisida yana durang qayd etilgan.

Qolgan bellashuvlarning aksariyatida markaziy osiyolik o‘yinchilar ustunlik qilgan.

Har ikki terma jamoaning o‘zaro oxirgi raqobati yil boshida Qatarda o‘tkazilgan Osiyo kubogi chorak finaliga to‘g‘ri keldi. O‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida kuchlar teng keldi – 1:1. Penaltilar seriyasida omad mezbonlarga kulib boqdi.

Keyinchalik Qatar terma jamoasi o‘z maydonlarida o‘tkazilgan qit’a chempionati g‘olibiga aylandi va o‘z tarixida ikkinchi marotaba Osiyo kubogini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi bahs 14 noyabr kuni Doha shahrida bo‘lib o‘tadi va  Toshkent vaqti bilan 21:15 da boshlanadi.

Bo‘lajak bellashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga omad va muvaffaqiyat yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Hurmatli muxlislar sizningcha uchrashuv natijasi qanday bo‘ladi? Fikringizni izohlarda qoldiring...

Shomurodov Rimga qaytgunicha “Roma” unga syurpriz tayyorlab qo‘yadi!

Bosh murabbiysiz qolgan “Roma” Shomurodov va yana bir necha futbolchiga javob berib yubordi

Frantsiyada Husanov bo‘yicha ma’lumot chiqarishdi

Rossiyadagi legionerlarimiz qancha maosh olyapti?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
13/11/2024 19:20
Шу иккита уйиндан кейин Катанецни жавобини бериш керак Касалман деб матбуот анжуманига келмади.Ёки бу хам битта тактикамикин.