Mourino “Vitess”ga qarshi taktika tanladi. Unda Shomurodovga joy bormi?

  • 10 mart, 2022, 19:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun tunda “Roma” Konferentsiyalar ligasi nimchorak final dastlabki uchrashuvini safarda Niderlandiyaning “Vitess” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Italiyaning Il Tempo nashrining xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis o‘zi yoqtirgan 3-5-2 taktik sxemasini qo‘llaydi.

Himoya uchun Janluka Manchini, Kris Smolling va asosiy tarkibdagi joyini qaytarib olgan Marash Kumbulla mas’ul.

Asli himoyachi bo‘lgan Matias Vinya kerak bo‘lganda chap qanot himoyachisiga yordamlashadi. Asosan, yarim himoyani mustahkam ushlashi talab etiladi.

Shuningdek, Mourino maydon markazida Genrix Mxitaryan, Serjiu Oliveyra va Brayan Kristantening mahoratiga tayanmoqda. Jamoa sardori Lorentso Pellegrini hujum tashkil etishdan tashqari o‘zi ham raqib darvozasiga muntazam xavf solishi rejalashtirilgan.

Hujum chizig‘ida o‘zgarish bo‘lmaydi. Asosiy to‘purar Temmi Abraxam bilan birga Nikolo Dzanolo o‘ynaydi.

Ko‘rinib turibdiki, bugungi uchrashuvda Eldor Shomurodov boshlang‘ich tarkibga kiritilmasligi katta ehtimol. Hamyurtimiz zaxiradan maydonga tushishi mumkin. Biroq, Mourino hujumchilar orasida o‘zi kashf qilgan Feliks Afena-Gyanga ko‘proq ishonch bildirayotganini ham inobatga olish kerak.

1626511589_mourinho

Dzanoloning maoshi oshadi

Gazzetta dello Sport  nashri “Roma” rahbariyati klub tarbiyalanuvchisi Nikola Dzanoloni ushlab qolish maqsadida uning maoshini ko‘tarishga qaror qilganini yozmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, ayni paytda bir mavsum uchun 2,2 million evro olayotgan hujumkor futbolchiga klub mutasaddilari 3,5 million evro to‘lashga tayyor.

Leggo nashri esa, qator grand klublar nishonida turgan mahoratli o‘yinchini Rimda qolishga va yangi bitim tuzishga ko‘ndirish uchun 4,5 million evroli maosh ham etarli bo‘lmasligini ta’kidlamoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar klub futbolchi bilan kelishuvni yangilay olmasa uni yozda sotib yuborishga majbur bo‘ladi. Chunki Dzanloning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha tuzilgan. Agar transfer masalasi keyingi yilga qolsa, o‘yinchining narxi sezilarli darajada arzonlashadi.

1554364257_zaniolo-pellegrini-el-shaarawy

Spinatstsola yana sabr qiladi

“Roma”ning eng mahoratli himoyachilaridan Leonardo Spinatstsolaning qachon maydonga qaytishi hamon mavhumligicha qolmoqda.

28 yoshli futbolchi o‘tgan yili Evropa chempionati doirasida shikastlanganidan keyin tiklanishga ulgurgani yo‘q. “Roma” murabbiylar shtabi tibbiyot xodimlari ruxsat bermagunicha tajribali o‘yinchini tarkibga kiritmaslikka qaror qilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Spinatstsola20 mart kuni navbatdagi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ana shunda uning mashg‘ulotlarga to‘liq kirishish vaqti aniqlanadi.

Avvaliga Leonerdo o‘tgan yil oxirida umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishi aytilgandi. Lekin unday bo‘lib chiqmadi. Joriy yil boshida o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar futbolchining yuklamalarga tayyor emasligini va kerak bo‘lsa, kelasi mavsumgacha lazaretda qolishini ko‘rsatdi.

100741_m

Abraxam yangi rekordga yaqinlashdi

Temmi Abraxam “Roma” kelganidan beri barcha turnirlarda 20 ta gol urdi. Angliyalik hujumchi yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilsa, Rim klubining afsonaviy hujumchilari Vichentso Montella va Gabriel Batistuta rekordini takrorlaydi.

Bu ikki to‘purar Rim klubidagi debyut mavsumida o‘z hisobiga 21 tadan gol yozdirib qo‘ygan.

Temmi Abraxam ularni natijasini takrorlashdan tashqari, o‘zining rekordini o‘rnatish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega. Chunki mavsum yakunlanishiga hali ancha bor. Abraxam esa, Mourinoning eng ishongan o‘yinchisi sifatida deyarli har bir uchrashuvda maydonga tushishi kafolatlangan.

Bir so‘z bilan aytganda, “Roma” tarixidagi eng qimmat transfer sohibi hisoblangan Temmi Abraxam o‘ziga sarflangan 40 million evroni munosib oqlamoqda.

010324_m

Mourino Shomurodovdan voz kechdimi?

Frantsiyaning kuchli jamoasi “Roma” hujumchisini aniq sotib oladi! U kim ekan?

“Roma” hujumchilaridan biriga yangi jamoa qidira boshladi!

Umarovning uzri o‘tmadi, jamoalar uni talashmoqda, lekin...

Mojaro Umarovning Evropadagi faoliyatiga chek qo‘yishi mumkin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!