Muhammad Saloh APL rekordchisiga aylandi

  • 6 avgust, 2022, 23:29
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Angliya Premer ligasi 1-turi doirasidagi uchrashuvlar davom ettirildi. "Liverpul" mavsumdagi ilk uchrashuvini "Fulxem"ga qarshi o‘tkazdi va jangovor durangga imzochekdi - 2:2.

Tecno

Mazkur o‘yinda hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylangan Muhammad Saloh o‘ziga hos natija qayd etdi.

Misrlik hujumchi ketma-ket olti mavsum davomida chempionatning ilk uchrashuvida gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.

2017/18 yilgi mavsumdan 2019/20 yilgi mavsumgacha birinchi turda 1 gol muallifiga aylangan bo‘lsa, 2020/21 yilda - xet-trik. Misrlik forvard keyingi ikki mavsumda ham bittadan gol kiritishni uddalagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!