
Murod Xolmuhammedovning "Bunyodkor"ga transferi amalga oshmaydimi? - Diyor Imomxo‘jaevdan javob
Xabaringiz bor, kecha "Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati jamoa sardori Murod Xolmuhammedov "Bunyodkor" klubiga qisqa muddatga, ya’ni 2 oyga ijaraga berilganini ma’lum qildi.
Bizning futbolda shunaqasi ham bo‘ladi. “Qo‘qon-1912” himoyachisi “Bunyodkor”ga 2 oyga ijaraga berildi
Ushbu xabar ko‘plab bahs munozaralarga sabab bo‘ld. Har kim o‘z fikrini bildirmoqda. Jumladan Qatar futbolida faoliyat yuritayotgan Alisher Nikimbaev ham ushbu voqelikka o‘z fikrini bildirar ekan transferlar kamida 6 oyga tuzilishi kerakligini bildirdi. "Kamida 6 oy - mavsum o‘rtasida transfer bo‘lsa, mavsum boshlanishida bo‘lsa - kamida mavsum oxirgacha bo‘lishi kerak", dedi Nikimbaev.
"Bunyodkor" va "Qo‘qon-1912" klublari o‘rtasidagi shov-shuvli transferda FIFA reglamenti buzilganmi yoxud 2 oyga tuzilgan shartnoma muhokamada
Bugun esa PFL bosh direktorining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida quyidagi fikrlarni yozib qoldirdi:
- Futbolchini 2 oyga ijaraga berish yoki shartnoma tuzish mumkin emas. Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha reglamentda bu narsa aniq yozib qo‘yilgan. Futbolchi eng kamida yarim yillik shartnoma imzolaydi. Bu holat faqatgina mavsumning o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin. Mavsum boshida turgan futbolchi esa eng kamida 1 yillik shartnomaga imzo chekishi kerak, - dedi Imomxo‘jaev.
Fikrlar