"Navbahor" O‘runovga 100 ming evro maosh berishga tayyor. Ostonning "Spartak"da qancha maosh olgani ham ma’lum

  • 18.07.2022 16:32
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Oston O‘runovga oid transfer ma’lumotlari juda ham ko‘paydi. Rossiya OAV tomonidan hamyurtimizga qiziqayotgan klublar va uning qancha maosh olishi borasida xabarlar yangramoqda.

Tecno

Metaratings.ru nashri O‘runovga "Navbahor" qiziqish bildirayotgani va uning maoshini 6 barobarga kamaytirgan holda berishga tayyorligini yozdi. Ya’ni, hamyurtimiz "Spartak" klubida yiliga 600 ming evro maosh olgan. Namanganliklar esa unga yiliga 100 ming evro maosh berishga tayyorligini bildirgan.

Ammo Oston ijaraga ketgan taqdirda ham maoshi qisqartirilishini istamayapti. Moskvaliklar Ostonni ijaraga qo‘yib yuborgan taqdirda ham uning maoshini o‘z bo‘yniga olishni istamayapti. Shuning uchun "qizil-oqlar" O‘runovni sotmoqchi. Maoshi kamayishini istamayotgani uchun transfer masalasi cho‘zilmoqda.

Oston O‘runovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan klublar uchun muhim ma’lumot

Manba: O‘zbekiston klubi Oston O‘runovga yana qiziqish bildirmoqda

ElqsClWX0AI16KJ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!