O‘runov zo‘r o‘ynay boshladi. Uni “Spartak”dan sotib olishadimi?

  • 1 noyabr, 2021, 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jarohatidan to‘liq qutilgan va murakkab davrni boshdan o‘tkazgan Oston O‘runov “Ufa”ning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylanib bormoqda. Rossiya premer-ligasining 13-turida ufaliklar o‘z maydonida “Axmat” klubini mag‘lubiyatga uchratib, xavfli zonani tark etdi.

Mazkur uchrashuvdan so‘ng, “Ufa” bosh direktori Shamil Gazizov jamoada ijara asosida o‘ynayotgan “Spartak” futbolchisi Oston O‘runov haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

large_1

- “Axmat”ga qarshi uchrashuvda Oston O‘runov har tomonlama zo‘r o‘ynadi. Unga bergan ko‘rsatmalarimizni to‘liq bajardi. Oldinda kurashni kuchaytirdi va Vyacheslav Krotovga zo‘r pas berdi, ammo jamoadoshi gol urolmay qoldi.

Hozir O‘runovni “Spartak”dan to‘liq sotib olish masalasi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Lekin bu bo‘yicha rejalarimiz sirligicha qolgani ma’qul, - dedi Shamil Gazizov.

Eslatib o‘tamiz, “Spartak” rahbariyati va portugaliyalik bosh murabbiy Ruy Vitoriya mavsum boshida Oston O‘runovga imkon berilmasligini ma’lum qilganidan keyin “Ufa” o‘zbek legionerini bir yilga ijaraga olgandi.

“Spartak” bilan kelishuvga ko‘ra, ufaliklar mavsum oxirida 20 yoshli futbolchining transfer huquqini to‘liq sotib olishi mumkin. Buni mavsum boshida “Ufa” bosh direktori ma’lum qilgandi.

- Biz “Spartak” bilan kelishuvga erishdik, ular O‘runovni transfer qilish huquqi bilan bizga ijaraga berdi. Oldimizda ikki xil variant  turibdi:  ayrim shartlar asosida O‘runovni sotib olish majburiyati va ixtiyoriy transfer qilish huquqi bor. Uni transfer qilish majburiyati futbolchining jamoada muayyan miqdorda o‘yin o‘tkazganida kuchga kiradi, - degandi Shamil Gazizov.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Ufa” mavsum oxirida Oston O‘runovni 1 million evro evaziga to‘liq sotib olishi mumkin. Bundan tashqari, jurnalistlarning aniqlashicha, o‘zbek futbolchisi premer-liga uchrashuvlarining 60 foizida qatnashsa, “Ufa”ga uni to‘liq sotib olish majburiyati yuklanadi. 

1628772835_urunov-ufa

Ta’kidlash joizki, Oston O‘runov muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun maoshining katta qismidan voz kechishga majbur bo‘ldi. Hamyurtimiz 2020 yilning yozida “Ufa”dan “Spartak”ga o‘tganida 2025 yilning yarmigacha amal qiladigan shartnoma imzolagan va unga ko‘ra yillik maoshi 600 ming evro atrofida bo‘lishi aytilgandi. Biroq, O‘runovni ijaraga olgan ufaliklarning moliyaviy imkoniyati futbolchilarga katta maosh berolmaydi. Shu bois, O‘runov kam maoshga o‘ynashga rozi bo‘lgan. Qizig‘i shundaki, yosh yarim himoyachimiz yozda aynan maosh masalasida kelisha olmagani uchun Vengriya grandi “Ferentsvarosh” taklifini rad etgandi.

Oston O‘runov “Ufa”ga o‘tganidan beri hozirgacha beshta uchrashuvda maydonga tushdi. Hamyurtimiz jarohatini davolab, safga qaytganidan keyin “Krasnodar”ga qarshi uchrashuvda zaxiradan tushdi,  “Axmat” va “Rubin” bilan bo‘lgan oxirgi ikki o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va bu bellashuvlarda ufaliklar mag‘lubiyatsiz seriya qayd etib, jami besh ochko ochko jamg‘arishga erishdi.

6f527e6a635cfacc2b7303b7c170d170

Hamyurtimiz jarohat olgunga qadar “Zenit” va “Krilya Sovetov” jamoalariga qarshi bahslarda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgandi. Qizig‘i, “Ufa” joriy mavsumda 13 ta uchrashuvdan ettitasida raqiblaridan ochko olishga muvaffaq bo‘ldi. Oston O‘runov qatnashgan beshta bahsdan to‘rttasida ufaliklar mag‘lubiyatga uchramagan ekan.

 O‘runovning qiyin kunlari ortda qoldi!

Shomurodov yoki El-Shaaravi? Mourino kimga ko‘proq ishonishini aytdi!

Bu ketishda Shomurodovga “Roma”da “non” qolmaydi!

Yaxshiboevni o‘ynatmagan bosh murabbiy ishdan olindi

Shomurodov zimmasidagi ishni Pellegrini bajarmoqda!

Yaxshiboev gol urgan uchrashuvdan keyin “realchilar” uchga bo‘lindi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!