O‘zbekistonning alamli mag‘lubiyati haqida nimalar deyishyapti?

  • 28 iyul, 2024, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z tarixida ilk bor Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan futbolchilarimiz musobaqani davom ettirish imkoniyatidan mosuvo bo‘ldi.

Ilk uchrashuvda Ispaniyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan hamyurtlarimiz, keyingi bahsda Misrga 0:1 ko‘rinishida o‘yinni boy berdi.

Ta’kidlash joizki, har ikki bellashuvda ham Timur Kapadze shogirdlari shiddatli, hujumkor va ishonchli o‘yin ko‘rsatishga harakat qildi. Hatto buni uddaladi ham. Lekin bunday katta turnirlarda hisob va natija uchun o‘ynashni ham o‘rganishimiz kerak ekan.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga o‘zbekistonlik charm to‘p ustalarining Parij Olimpiadasidagi ishtirokiga bo‘yicha bildirilayotgan fikr-mulohazalarni havola qilishda davom etadi.

Eloiza De Mester, lensois.com sayti eksperti:

Futbol ishqibozlarining O‘zbekiston terma jamoasidan umidlari katta edi. Ko‘pchilik bu jamoa Parijdagi Olimpiya o‘yinlarining haqiqiy syurprizi bo‘lishini kutgandi. Lekin o‘zbekistonliklarning Parijdagi yurishi juda erta – guruh bosqichidayoq tugadi.

“Lans” himoyachisi o‘ynayotgan O‘zbekiston terma jamoasi birinchi turda Ispaniyadan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin musobaqada ishtirok etish imkoniyatini saqlab qolish uchun ikkinchi bahsda ochko olishi shart edi.

Misr o‘z o‘yinini ko‘rsatdi va hisobni ochib oldi. Qolgan daqiqalarda o‘zbeklar mag‘lubiyatdan qutilib olish uchun harakat qildi, lekin buni uddalay olmadi. Yana bir omadsizlik.

Ikki uchrashuvda biror ochko jamg‘ara olmagan O‘zbekiston rasman musobaqadan chiqib ketdi. Endi guruhdagi so‘nggi o‘yin 30 iyul kuni Dominikan Respublikasiga qarshi o‘tkaziladi. Bu bahsdan keyin Abduqodir Husanov tez kunlarda “Lans” ixtiyoriga qaytib, yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoniga qo‘shiladi.

Entso Paylot, le11hdf.fr sayti eksperti:

Abuqodir Husanov va uning jamoadoshlari Olimpiya o‘yinlari guruh bosqichidagi ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatdan keyin musobaqani tark etishi aniq bo‘lib ulgurdi.

Husanov O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari orasida mahalliy sharoitga eng ko‘p moslashgan, bu erdagi muhitni yaxshi biladigan futbolchi edi. Lekin Husanov ham jamoadoshlariga bu mamlakatda uzoqroq olishga yordam bera olmadi.

O‘zbekiston Misrga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramasligini kerak edi. Lekin buning uddasidan chiqa olishmadi. O‘zbeklar Abbosbek Fayzullaevning hisobni tenglashtirgan goli evaziga o‘yinga qaytmoqchi bo‘ldi. Biroq bu gol o‘yindan tashqari holatda kiritilgani bois bekor qilindi.

O‘yinda to‘p nazorati ko‘proq o‘zbeklar tomonida bo‘lganiga qaramay, mag‘lubiyatdan qutilishning imkoni bo‘lmadi.

Endi Abduqodir Husanov ham Dominikan Respublikasi terma jamoasi bilan bo‘ladigan oxirgi uchrashuvdan keyin “Lans” tarkibiga qaytadi.

Rustam Ashurmatov, “Rubin” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisi:

Bizning “Zenit” bilan bahsimiz O‘zbekiston va Misr uchrashuvi vaqtiga parallel kelib qoldi. O‘yindan keyin darrov telefonni qo‘lga olib, o‘yin natijasini ko‘rdim.

Afsuski, O‘zbekiston Olimpiadadan chiqib ketibdi.

Birinchi uchrashuvda terma jamoa Ispaniya bilan juda yaxshi o‘ynagan edi va durangga yaqin kelgandi. Lekin ozgina imkoniyat etishmadi.

Olimpiya o‘yinlaridan oldin terma jamoaning pley-offga chiqishiga katta umid bildirilayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvni 30 iyul kuni Dominikan Respublikasi futbolchilariga qarshi o‘tkazadi va shu bilan ilk Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunlaydi.

Yangi legionerimizdan nimalar kutishyapti?

Evropaliklarga Abduqodir Husanovning o‘yini yoqyapti

Ispanlar O‘zbekiston muammo tug‘idirishini kutmagandi, Misr bilan o‘yin esa...

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Duvlan
29/07/2024 09:34
Шармандаликдан бошқа нарса эмас.
Elyor Baratov
28/07/2024 22:08
Eldor va Oston tortishi kerak edi!
Tortdi ammo orqaga!
Terma jamoa yaxshi harakat qilmadi ! Biz Misrdan kuchli edik
Абдухаликов Мухаммад
29/07/2024 16:29
Элдор Остон ни захирадан майдонга тушириш керак эди
&
Sardorbek 5555
29/07/2024 06:09
Ispaniyaga magʻlub bulgandan keyin nimadir buldida yuldashevni birgina xatosi tufayli ketishi undan kura yigitlarni ruhlantirib xammasi oldinda ekanligini tushuntirish kerak edi biz Ispaniyaga magʻlubiyatdan fojea yasavordik Misrni bemalol yutardik lekin nimagadir bollar uynashmadi
&
АНГЕЛ СТАРТ
28/07/2024 23:39
Хатоки терма командага ишонч еколиб борябди.Бундай уйинлар билан жахон-чемпионатига чикишга не хожат таркибни уйини мана бу холатда булса шармандаларча гурухдан чика олмаса.Халигача узимга кела олганим йек аламимдан узимни еуярга жой йек кандай килиб гурухдан мудатидан олдин тарк этиш мумкин шарманда куй лигадан еш футболчиларни жалб этищ керак хар холда мпсулиятни хис килиб уйнашади.Янаги Сафар шиорини.узларига юракларни устига тикиб олишган Мен шундай уйнасам футболни тарк этардим.
&
+79152058767
28/07/2024 22:38
Мисрни менсимай тушди уйинчиларимиз шу сабаб юткази
&
Азизжон
28/07/2024 21:26
Эсизза лекин узокрокка борасизлар деб ишонган эдик