
Parij "Katta dubulg‘a" turniriga qur’a tashlandi
Xabar berganimizdek, ertaga dzyudo olamidagi eng katta musobaqalardan biri – Parij katta dubulg‘a turniri start oladi. Ma’lumki, ushbu musobaqada 4 nafar hamyurtimiz ishtirok etishadi. Bugun turnir oldidan matbuot anjumani va barcha vazn toifalarida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
-60 kilogramm vazn toifasida bahslarga kirishadigan polvonimiz Sharofiddin Lutfullaev yuqori reyting pog‘onasi sabab birinchi davradan erkin o‘tsa, ikkinchi bosqichda unga belgiyalik Jor Verstrayten va koreyalik Xarim Li juftligi g‘olibi raqib bo‘ladi.
-66 kilogrammda Sardor Nurullaevni Rio Olimpiadasida chorak finalgacha etib borgan, o‘tish turnirida Rishod Sobirovga imkoniyatni boy berib qo‘ygan Dominikan Respublikasi vakili Vander Mateo kutib turibdi. -73 kilogarmm vazn toifasida Hikmatullo To‘raev mezbon sportchi Julam Chaynga qarshi kurashsa, Akmaljon Najmiddinov (-81 kilogramm) ilk bellashuvini marokashlik Ashraf Moutiga bilan o‘tkazadi.
Fikrlar