PSJ “Barsa”ni “er tishlatish” bo‘yicha rekord o‘rnatdi, kataloniyaliklar esa gol urish bo‘yicha...

  • 2 oktabr, 06:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqich ikkinchi turida ushbu nufuzli musobaqaning amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” Kataloniyada “Barselona” bilan kuch sinashib, mezbonlar ustidan 2:1 hisobida g‘olib chiqdi.

Tecno

OptaJose tadqiqotlar markazi vakillarining ma’lum qilishicha, bu uchrashuv parijliklar uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. Chunki PSJ qit’aning yirik xalqaro musobaqalari tarixida “Barselona”ni Kataloniyada ketma-ket uch marta mag‘lubiyatga uchratgan birinchi jamoa bo‘ldi.

Garchi Xans-Diter Flik shogirdlari 19-daqiqadayoq Ferran Torresning sa’y-harakatlari evaziga hisobni ochgan bo‘lsa-da, birinchi bo‘limda Mayulu vaziyatni tenglashtirdi. 90-daqiqada esa, Gonsalu Ramush parijliklarga tarixiy g‘alabani keltirgan golni urdi.

“Barselona”ning goli ham beiz ketmadi. Jamoa barcha turnirlarda o‘z maydonida o‘tkazilgan 45 ta uchrashuvda uzluksiz gol urib kelmoqda. Avvalgi rekord 1942-1944 yillar davomida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda "Barselona" o‘z uyidagi ketma-ket 44 ta o‘yinda raqiblar darvozasini uzluksiz ishg‘ol qilgan.

Husanov etishmagan o‘yindan keyin Gvardiola nimalar dedi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!