“Qiyqiriq moda”da o‘ynagan Shomurodovning assisti qanday baholandi?

  • 27 aprel, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya chempionatining 34-turida “Roma” safarda amaldagi chempion “Inter” mehmoni bo‘lib, o‘ta muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Klaudio Raneri milanliklarga syurpriz tayyorlab, ilk daqiqalardan ikki markaziy hujumchi Eldor Shomurodov va Artyom Dovbikni birga maydonga tushirdi.

Bu taktika birinchi bo‘lim o‘rtalarida samara keltirdi. 22-daqiqada Shomurodov raqib jarima maydonchasi ichida chaqqonlik qilib, to‘pni Matias Sulega uzatdi. Argentinalik futbolchi Eldor yaratib bergan vaziyatdan unumli foydalanib, bellashuvdagi yagona golni kiritdi.

Bellashuvda ko‘pchilikning e’tiborini Eldor Shomurodovning italiyaliklar xos yangicha soch turmagi tortdi. 29 yoshli Evropa hayotiga ancha moslashib olgani ko‘rindi. 

"Inter" maydonidagi g‘alabadan keyin rimliklarning mag‘lubiyatsiz seriyasi 18 ta uchrashuvga etdi.

Nufuzli manbalardan biri –  vocegiallorossa.it sayti “Roma” futbolchilarining harakatlarini quyidagicha baholadi.

 Svilar 6.5:

Umuman olganda rimliklar posboniga jiddiy ish topilmadi. Birinchi bo‘limda raqib hujumlarini bartaraf etish uchun biroz oldinga chiqishiga ham to‘g‘ri keldi.

Chelik 6.5:

Bexato himoyalandi, faol o‘ynadi. Klaudio Raneri qo‘l ostida turkiyalik futbolchi barqaror o‘ynay boshladi. O‘ziga biriktirilgan qanotni mustahkam qo‘riqlayapti.

Manchini 6.5:

Himoyani juda yaxshi va ishonchli boshqardi. Keyingi paytda himoya etakchisi sifatida jamoaga katta foyda keltiryapti.

Ndika 7:

Barqarorlikning haqiqiy namunasi aynan mana shu o‘yinchi hisoblanadi. Raqib futbolchilarimiz kurashlarda ularga umuman imkoniyat bergani yo‘q.

Sule 7,5:

Matias suli “Inter” himoyachilarini talvasaga solib qo‘ydi. Juda muhim pallada Shomurodov uzatgan to‘pni raqib darvozasiga joyladi. Himoyaga yordam berdi.

Kristante 7:

Ancha faol o‘ynadi. Qachon, qaerda paydo bo‘lishni va nima qilishni biladigan futbolchi.

Kone 7,5:

Frantsiyalik futbolchi tayanch zonada o‘ynashi kerak edi. Lekin u butun maydon bo‘ylab kurashdi. 68-daqiqada serharakat o‘yinchi o‘rnini jamoadogiga bo‘shatib berdi.

Gurna-Duat 6:

Koneni o‘rnini egallagan futbolchi ko‘rsatmaga muvofiq o‘z ishini qildi. Bir vaziyatda raqib darvozasiga xavf solishga urindi.

Pellegrini 6:

Birinchi bo‘limda bir necha bor xavfli paslar uzatdi. Sule gol urgan vaziyatdagi hujumni ham aynan Lorentso boshlagan edi.

Pizilli 6:

68-daqiqada Pellegrini o‘rniga tushgan hujumkor futbolchi “Inter” darvozasini ishg‘ol qilish imkonini qo‘ldan chiqardi.

Anjelino 6.5:

Juda faol harakat qildi. Dovbikni qulay vaziyatga chiqardi. Lekin ukrainalik forvard bundan foydalana olmadi.

Shomurodov 6,5:

Eldor Shomurodov universal o‘yinchiligini namoyish qildi. “Inter” etakchisi Hoqon Chalxanogluga imkoniyat bermadi. Murakkab vaziyatda turganiga qaramay, chaqqonlik bilan to‘pni Matias Sulega uzatib berdi va golga assistentlik qildi.

O‘zbek hujumchisi o‘zi ham gol urishga yaqin kelgandi. Uning darvozaga yo‘llagan zarbasi yo‘liga Karlos Augusto o‘zini tashlab, jamoasini goldan qutqardi.

Baldantsi 6:

58-daqiqada Raneri taktikani o‘zgartirish maqsadida Shomurodovni zaxiraga oldi. O‘Zbek legioneri o‘rnini egallagan Baldantsi to‘pni nazorat qilishga yordam berdi.

Dovbik 6:

Jamoaviy o‘yin ko‘rsatishga harakat qildi. Biroq harakatlarida aniqlik etishmadi. To‘pni yaxshi bo‘ysundira olmagani uchun qulay vaziyatni boy berdi.

Raneri 7,5:

Raneri chempion jamoaga qarshi qanday o‘ynashni biladi. Tajribali mutaxassis bu gal biror masalada xatoga yo‘l qshygani yo‘q. “Roma” g‘alabaga munosib o‘yin ko‘rsatdi.

Fayzullaev TsSKAdan ketishi haqida gapirdi

 

Husanovga qaysi jamoa mos: “Real”, “Atletiko” yoki “Yuve”?

Shomurodov “Inter”ga ziyon keltirgan!

Fayzullaev nega yaxshi o‘ynolmayapti?

TsSKA Fayzullaevga narx belgiladi! Transfer yaqinmi?

Shomurodov Dovbikni “sindirdi”!

Fayzullaev “yo‘qolib” qoldi!

Shomurodov bir gol bilan “Roma”ning mavsum rekordini o‘rnatdi. Navbat tarixiy rekordga!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!