Husanovni o‘ynatmagan Gvardiola baloga qoldi!

  • 7 aprel, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Abduqodir Husanov ketma-ket ikkinchi marotaba “Manchester Siti” uchrashuvida maydonga tushirilmadi. Avvalgi turda “Lester”ga qarshi o‘tkazilgan bahsning qaydnomasiga kiritilmagan legionerimiz “Manchester Yunayted” bilan bo‘lgan derbida zaxirada o‘tirdi.

21 yoshli markaziy himoyachining keyingi paytda maydonga tushirilmayotgani “Manchester Siti”ning butun dunyoga yoyilgan muxlislarida bosh murabbiy Xosep Gvardiola savollarni ko‘paytirib yubordi.

Fanatlar fevral oyining eng zo‘r futbolchisi bo‘lgan Abduqodir Husanovning boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirilmayotganini ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilib, ispaniyalik bosh murabbiyning tanlovini malomat qilishmoqda.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga “Manchester Siti” muxlislarining Abduqodir Husanov borasida fikr-mulohazalarini havola etadi.

Jacob Muriungi:

Husanov o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlashi kerak edi. Chunki Abduqodir ishonchli va juda yaxshi himoyachi.

Base Camara:

Husanov Pepga nima qildi? Abduqodir turganda Nuneshni maydonga tushirish eng kamida jinoyatku!

Tafadzwa Chigogo Mutungadzose:

Orqa chiziqda pozitsiyani to‘g‘ri tanlay oladigan Husanov kerak.

Kennedy Jeremiah Mwansa:

Doku, Niko, Reys, Savino, Husanov  va MakEti boshlang‘ich tarkibda bo‘lishi kerak. Bernardu Silva, Gyundog‘an, Kevin de Bryuyne, Foden, Nunesh va O'Reyli zaxiradan o‘yinga qo‘shilsa ham bo‘laveradi. Pep o‘z qarorlari bilan Chempionlar ligasiga chiqishni istamasligini ko‘rsatyapti, shekilli. Gvardiola tanlagan tarkib bilan 13-o‘rindagi jamoani ham engolmadik.

Itz Successful:

Abduqodir Husanovning yuqori sport formasini inobatga olib, aynan uni o‘ynatish kerak edi, Nunesh to‘p tepgan uchrashuvda yutolmadik.

Sphetho Myeni:

Gvardiola kelasi mavsum Chempionlar ligasida o‘ynashni istamaydigan ko‘rinadi. Tanlagan tarkibi bilan “Manchester Yunayted”ga ochko berdi.

Boshlang‘ich tarkibda o‘ynashi shart bo‘lgan Abduqodir Husanov zaxiradi o‘tiribdi.

Rosalanavho Mutenda:

Mana shunaqa muhim uchrashuvlarda Husanovni o‘ynatsa nima bo‘ladi? Bunaqada to‘rtinchi o‘rin ham armon bo‘lib qoladi.

Martin:

G‘alaba suv va havodek zarur bo‘lgan paytda Savino va Husanovni zaxirada olib o‘tiribdi. Gvardiola charchagan ko‘rinadi...

Amën De Ketelaere NandisaRh:

Husanov asosiy tarkibda o‘ynaydigan o‘yinchi.

Tsitsi Precious Chikungwa:

Husanov sariq olgani uchun maydonga tushirilmayaptimi?

Kanema Shamboko:

Husanov, Niko, Doku va Grilish boshlang‘ich tarkibga loyiq o‘yinchilar. Pepning o‘zini zaxiraga mixlash kerak.

G-WIZZY:

Husanov nega boshlang‘ich tarkibda ko‘rinmay qoldi?

Rex Chalumbwa:

Yana Nunesh... Husanov ideal holatda-ku!

Marwan Sameh:

Pepga “ofarin”, Doku va Husanov zaxira o‘rindig‘ida o‘tiribdi...

Michael Oyewumi:

Shu Gvardiola hech o‘zgarmaydida. Husanovning zaxirada o‘tirib, Nuneshning boshlang‘ich tarkibda o‘ynashiga birorta sabab topa olamadim.

Wisdom Simonz

Husanov va Niko qani? Nega Nunesh va Silva asosiy tarkibda?

Bizga Husanov va Niko ilk daqiqadan o‘ynashi muhim!

Atul Gupta:

Bu qanaqa rasvogarchilik? Husanov, Doku va Savino zaxirada. Orqa chiziq Nunesh va O'Reyliga topshirilibdi. Raqiblarni tabriklash mumkin...

Austine Munkanta

Savino, Doku va Husanovni tarkibdan chiqargan Pep  katta masharaboz ekan

Richard Woodward:

Boshlang‘ich tarkibda har doim shu to‘rt o‘yinchi – Doku Savino, Niko va Husanov bo‘lishi shart!

 

Raneri “Roma”ni qutqargan Shomurodov haqida nimalar dedi?

“Roma”ning dahshatli quroli: Shomurodov ekspertlar tomonidan qanday baholandi?

Pep, nimalar qilyapsan, Abduqodir qani? Husanovni o‘ynatmagan Gvardiolani fanatlar “talashyapti”!

Supergol va assist: O‘zbek legioneri o‘yin qahramoni bo‘ldi!

Pyanich Fayzullaevga “Barsa”ga o‘tish yo‘lini o‘rgatdi

Agent Fayzullaev Evropaga qachon ketishini aytdi. Manzil faqat TOP-LIGA!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998950198726
07/04/2025 14:56
Бошланди тўқима гаплар.нима шейхлар кириб урибдими Гвардиолани нега ўйнатмадинг Хусановни деб
Rest Lover
07/04/2025 09:52
Англияда Гвардиола, У́збекистонда Абдурахмон балога колди...
Ahmedov Izzatillo
08/04/2025 01:50
Хусанов Узбга келганда ошни куп еб юборибди шекили тан олелик охирги икки уйинда Хусановни уйини чикмади Хусанов сабаб гол булди менимча Гвардиола Хусановни шу тарика жазолаган