Raneridan syurpriz yoki jarohatdan qaytgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

  • 3 dekabr, 2024, 19:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionatining 14-turining eng qiziqarli uchrashuvlaridan biri poytaxt Rimda bo‘lib o‘tdi. Klaudio Raneri qo‘l ostiga o‘tgan “bo‘rilar” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida chempionlik uchun kurashayotgan “Atalanta”ni qabul qildi.

Tecno

O‘yin mehmonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shunga qaramay, tahlilchilar rimliklar jamoasida ijoyib o‘zgarishlar yuz berayotganini alohida ta’kidladi. Ekspertlar bu yangilanishlarni Klaudio Ranerining haraktlari samarasi ekani bilan bog‘lamoqda.

Biz uchun ahamiyatli tomoni shundaki, Klaudio Raneri qadrdon shogirdi Eldor Shomurodovga avvalgi murabbiylarga nisbatan ko‘proq ishonch bildirishini ko‘rsatdi. Tajribali mutaxassis jarohatdan tiklangan legionerimizni 62-daqiqada Artyom Dovbik o‘rniga maydonga tushirdi.

Nufuzli manbalardan biri –  calciomercato.com portali eksperti Daniele Aloizi “Roma” futbolchilarining uchrashuvdagi harakatlarini quyidagicha baholadi.

Mile Svilar 6:

“Atalanta”ning asosiy to‘purari Retegi Svilar darvozasiga yo‘l topa olmadi. Biroq ikkinchi bo‘limdagi o‘zgarishlar bergamoliklarga g‘alaba keltirdi.

Janluka Manchini 5.5:

Raqib futbolchisi Lukman Manchini uchun eng noqulay raqib ekanini yana bir karra isbotladi. Manchini ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirishga yaqin kelgandi. Biroq sobiq jamoadoshi Nikolo Dzanolo gol urgan vaziyatda xatoga yo‘l qo‘ydi.

Mats Xummels 6.5:

Avvalgi bosh murabbiy Ivan Yurich umuman ishonch bildirmagan “Professor” Klaudio Ranerining asosiy himoyachisiga aylandi. Birinchi bo‘limda raqib to‘purari Retegini to‘liq yopib qo‘ydi. Jarohat tufayli o‘rnini 73-daqiqada Stefan Al-Shaaraviga bo‘shatib berdi.

Evan Ndika 6.5:

“Roma” himoyasida bexato o‘ynagan futbolchilardan biri. Bahsning ikkinchi yarmida ham ishonchli o‘yin namoyish qildi.

Zeki Chelik 5.5:

“Atalanta”ning birinchi golida Marten de Ronga qarshilik qila olmadi. O‘z qanotidan hujum tashkil qilishda ham bo‘sh o‘ynadi. 71-daqiqada o‘rnini Salemakersga bo‘shatib berdi.

Aleksis Salemarkes 6:

Uchrashuvda hal qiluvchi rolni maromiga etkaza olmadi.

Manu Kone 6.5:

“Roma”ni harakatga keltiruvchi kuch vazifasini bajardi. Birinchi bo‘limda gol urishga yaqin keldi. Maydonning har bir qarichi uchun kurashdi.

Brayan Kristante 6:

Londondagi uchrashuvda zaxiraga tushib qolganidan keyin yana boshlang‘ich tarkibga qaytdi. Maydon markazida kichik xatolarga yo‘l qo‘ydi.

Leandro Paredes 6,5:

Juda yaxshi sport formasida ekanini namoyish qildi. Zarbalari bilan ajralib turdi. To‘p uzatishlarda aniq harakat qildi.

Anjelino 6:

Chap qanotda bergamoliklar vakili Raul Bellanova bilan raqobat olib bordi. Biroz charchab qolgani sezildi.

Paulo Dibala 6:

Mahoratiga hech qanday shubha yo‘q, muxlislarni chiroyli o‘yin bilan quvontirdi. Harchand harakat qilmasin, raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Artyom Dovbik 5:

“Atalanta” himoyachilari bilan ko‘p kurashdi. Jarima maydonchasidagi to‘qnashuvdan keyin penalti ham so‘radi. Ikkinchi bo‘limda qulay vaziyatni boy berdi. 62-daqiqada o‘rnini Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi.

Eldor Shomurodov 6:

O‘zbek hujumchisi jarohatdan tiklanib, Klaudio Raneri qo‘l ostida ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Eldor o‘zini ko‘rsatishga harakat qildi. Biroq bu etarli darajada samara bermadi.

Klaudio Raneri 6:

“Olimpiko”ga kelgan muxlislar uni qutlashdi va minnatdorlik bildirdi. O‘yinda ijobiy o‘zgarishlar ko‘rinib turibdi. Biroq bu ochko olish uchun etarli bo‘lmadi.

The Telegraph: Husanovga Angliyadan 7 klub xaridor, ikkitasi transferni yanvarda hal qilmoqchi!

Fayzullaev muxlislari o‘qisin: Abbosga yordam beraylik!
Eldorni nimalar kutmoqda? Shomurodovga oid so‘nggi yangiliklar
Hamma shokda: Shomurodov bilan o‘ynagan futbolchi uchrashuvda yuragi to‘xtab, maydonga yiqildi! (foto)
Husanov “taxt”ni topshirdi, lekin...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!