
Rasman! Neymar diskvalifikatsiyaga uchradi va Superkubok uchun bahsda ishtirok etolmaydi
Frantsiya futbol federatsiyasi PSJ klubi xujumchisi Neymarni 3 uchrashuvda ishtirok etish huquqidan mahrum qildi.
Aytib o‘tish joizki, Frantsiya kubogi final bosqichida parijliklar "Renn"ga imkoniyatni boy berishdi, uchrashuvdan so‘ng braziliyalik futbolchi raqib muxlisini urgani sabab bo‘ldi. Shu tariqa, Neymar Frantsiya Superkubogi uchun bahsda o‘z jamoasiga yordam berolmaydi.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, PSJ ushbu qarorga e’tiroz berish huquqiga ega.
Fikrlar