Rasman! "Paxtakor" O‘zbekiston kubogida ishtirok etmaydi

  • 23 dekabr, 2019, 19:07
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 21 dekabr kuni "Paxtakor" klubi futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogida ishtirok etmasligi borasida xabar bergandik.

Tecno

Bugun kubok bahslariga qur’a tashlandi. 8 ta jamoa ikki guruhga ajralgan holda bellashishi ma’lum bo‘ldi. Ular qatorida "Paxtakor" yo‘q. Buning sababi ma’lum qilinmadi. Biroq biz bir necha kun avval kubok o‘yinlarida "sherlar" ishtirok etishdan bosh tortishi mumkinligi, bunga sabab jamoada oxirgi paytlarga kelib jarohatlar ko‘payib ketgani borasida xabar bergandik.

Shuningdek, "Paxtakor" tarkibidagi bir nechta futzalchi diskvalifikatsiya qilingan bo‘lishi mumkinligini ham qo‘shimcha qilgandik.

Ma’lumot o‘rnida, 24-29 dekabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston kubogida AGMK, "Lokomotiv", "Maksam- Chirchiq", "Zarafshon-Stroitel", "Bunyodkor", "Dinamo", "Metallurg" va O‘zPSB jamoalari qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston chempionati "Paxtakor" va AGMK o‘rtasidagi uchinchi finalda janjallar yuzaga kelgandi. Bunga PFL va Sport vazirligi bayonot bergandi. Ammo hozircha aybdorlarga qanday chora ko‘rilgani ma’lum qilinmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!