“Real” yulduzi “Roma”ni mensimadi

  • 4 iyun, 2022, 18:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” rahbariyati o‘ziga kerak bo‘lmay qolgan pleymeyker Iskoga yangi ish joyi qidirmoqda. Ispan yarim himoyachisi 2013 yildan beri Madrid klubi sharafini himoya qilib kelyapti. Lekin keyingi paytda 30 yoshli o‘yinchining asosiy tarkibga kirishi ancha qiyinlashib qoldi.

“Real”ning Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasidagi g‘alabasi bilan yakunlangan mavsumda Isko 17 ta uchrashuvda qatnashib ikkita gol urdi xolos.

Iskoning shartnomasi shu oy oxirida yakunlanadi. Unga “Roma” va “Milan” jiddiy qiziqish bildirib, ish shartnoma taklif qilishgacha bordi. Lekin Isko Ispaniyadan tashqariga chiqish variantini qabul qilgani yo‘q va u kelasi mavsum ham La Ligada to‘p tepmoqchi.

“Real”ning katta maosh olib o‘rgangan futbolchisiga Ispaniya klublaridan chorlov bo‘lgani yo‘q. Avvalroq, “Betis” bu yarim himoyachini taklif qilmoqchi ekani haqida xabarlar paydo bo‘ldiyu keyinchalik bu mavsum boshqa ko‘tarilmadi.

Isko qariyb o‘n yil muqaddam “Real”ga o‘tganga qadar “Malaga” futbolchisi bo‘lgan.

GettyImages-1365912642-1

“Roma” himoyani mustahkamlaydi

“Roma” kelasi mavsum oldidan barcha pozitsiyalarni kuchaytirishga qaror qilgan. Joze Mourino endi yuqori maqsadlar sari kurashishini ta’kidladi. Tarkib  ham shunga yarasha bo‘lishi kerak.

Klub sport direktori Tyagu Pinto mo‘ljallagan o‘yinchilardan biri “Bordo” vakili Raul Bellonovadir.

22 yoshli himoyachi mavsumni ijara asosida “Kalyari”da o‘tkazdi. Bu jamoa Raulning shartnomasida ko‘rsatilgan 700 ming evro miqdoridagi bajdal pulini to‘lab, futbolchining transfer huquqini to‘liq sotib olmoqchi.

“Kalyari” Raulga “Roma”dan tashqari “Inter”dan jiddiy qiziqish bo‘layotganini biladi va  keyinchalik bu futbolchini 7 million evroga sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Bellanova yakunlangan mavsumda 31 marotaba maydonga tushib, bitta gol va bir juft golli pas muallifi bo‘ldi.

728b51c0c0a4347b7f0eaed33464630b

Mourino: Qani kel, “Roma”da sovrinlarni birga yutamiz!

La Gazzetta dello Sport nashrining  xabar berishicha, Joze Mourino “Manchester Yunayted”dan ketishi aniq bo‘lgan Jessi Lingardni “Roma”ga chaqiryapti.

Angliyalik hujumkor futbolchiga “Vest Xem” og‘iz solgandi, biroq tomonlar maosh borasida kelisha olmadi.

Lingrd faoliyatidagi so‘nggi sovrini aynan Joze Mourino “Manchester Yunayted”ni boshqargan davrda qo‘lga kiritgan. O‘shanda manchesterliklar Evropa ligasida bosh sovrin sohibi bo‘lgandi.

“Manchester Yunayted” bu galgi mavsumi ham sovrinsiz yakunladi. Joze Mourino boshchilik qilgan “Roma” Evropa miqyosidagi uchinchi musobaqa – Konferentsiyalar ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Joze Mourino sobiq shogirdini Rimga kelib, kelajakda sovrinlar uchun birgalikda kurashishga chorlamoqda.

29 yoshli futbolchi mavsumda jami 22 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi va bitta golli pas uzatdi.

1634202551_ling

Ana xolos! “Roma” mavsum qahramonini sotadigan bo‘ldi!

Mourino Ronaldu transferiga qarshi, unga Shomurodov kerak!

Shomurodov haqiqiy jangchi, lekin...

To‘purar legionerimiz kuchli jamoaga o‘tadimi?

Legionerlarimiz “yorvordi”: Debyut, assist va uchta gol!

“Spartak” O‘runovni suhbatga chorladi. Maqsad aniq!

Legionerimiz: Murabbiy men bilan gaplashmay qo‘ydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!