Ana xolos! “Roma” mavsum qahramonini sotadigan bo‘ldi!

  • 4 iyun, 2022, 18:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” rahbariyati 22 yoshli hujumkor futbolchi Nikolo Dzanoloni sotib yuborish fikridan qaytgani yo‘q.

Tecno

Dzanolo Konferentsiyalar ligasi finalida rimliklarga  g‘alaba keltirgan yagona gol muallifi sifatida mavsum qahramoniga aylangan edi. Shundan so‘ng, Rim klubi mutasaddilari o‘yinchiga maoshi oshirilgan yangi bitim taklif qilishi va uning jamoada qolishini ta’minlashi haqida xabarlar tarqatilgandi.

Lekin futbolchining  o‘zi Chempionlar ligasida ishtirok etadigan A Seriya etakchilari – “Yuventus” yoki “Milan”da to‘p tepishni istayapti va yangi shartnomani imzolashni paysalga solib kelmoqda.

“Roma” Nikoloni 55 million evroga sotib yuborishini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, iste’dodli futbolchini A Seriyada qolmasdan xorijga ketishi kerakligini ta’kidlamoqda. Dzanologa Angliya klublaridan jiddiy qiziqish bor. Lekin universal futbolchi o‘zi ko‘nikkan chempionatdan chetga chiqmoqchi emas.

Nikolo Dzanolo yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 42 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga sakkizta gol va to‘qqizta assist rasmiylashtirdi.

1633685ba11ecb59bea3a014b7550

“Roma” bu o‘yinchining “Yuve”ga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqchi

PSJ mutasaddilari yozda argentinalik yarim himoyachi Leandro Paredes bilan xayrlashishga tayyor. Klub rahbariyati yangi loyihani yo‘lga qo‘ymoqchi va unda etakchi rolni Kilian Mbappe o‘ynaydi.

Bundan bun Mbappe klubning transfer siyosatiga ham aralashadi. Frantsiyalik futbolchi PSJda janubiy amerikalik legionarlar ulushini kamaytirmoqchi. Calciomercato nashrining ta’kidlashicha, Mbappe Paredesning ketishi tarafdori.

Paredesga A Seriya vakillaridan “Yuventus” jiddiy qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida, “Roma” ham sobiq futbolchisini turinliklarga berib qo‘ymoqchi emas.

Mourino bu o‘yinchining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.

Leandroning klub bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Shuning uchun uni oladigan klub 17-20 million evro atrofida xarajat qilishi kerak.

Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritgan Paredes jami 22 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga bitta gol va ikkita golli pas yozdirib qo‘ydi.

paredes-mozhet-ujti-iz-pszh_156956480739961668

U hammadan minnatdor!

“Roma”ning 27 yoshli yarim himoyachisi Brayan Kristante yakunlangan mavsum “Roma” uchun omadli kelganidan mamnun.

Biz mavsumni juda yaxshi nuqtada yakunladik. Ya’ni sovrin sohibi bo‘ldik.

Barchamiz Konferentsiyalar ligasi kubogini muxlislarimiz bilan boshimiz uzra ko‘tardik. Rim xursandchilik onlari juda uzoq kutdi. Hammaga unutilmas mavsum uchun minnatdorligimni izhor qilaman, - dedi Brayan Kristante.

Kristante omadli o‘tgan mavsumda 49 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.

Ayni paytda “Roma” yana ikki yillik shartnomaga ega futbolchini uzoqroq muddatga olib qolishga harakat qilyapti. Bir necha pozitsiyada muvaffaqiyatli o‘ynaydigan futbolchiga Italiya, Ispaniya va Angliya klublaridan qiziqish bor.

Cristante

Mourino Ronaldu transferiga qarshi, unga Shomurodov kerak!

Shomurodov haqiqiy jangchi, lekin...

To‘purar legionerimiz kuchli jamoaga o‘tadimi?

Legionerlarimiz “yorvordi”: Debyut, assist va uchta gol!

“Spartak” O‘runovni suhbatga chorladi. Maqsad aniq!

Legionerimiz: Murabbiy men bilan gaplashmay qo‘ydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абдурахмон лидер
04/06/2022 08:54
Шомуродовни хам сотворишса буларди