Rimda Shomurodov futbolkasi talash bo‘lmoqda!

  • 21 avgust, 2021, 09:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol ishqibozlarining aksariyati ayni paytda Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olgan “Roma”ga ishqibozlik qilayotgani aniq. Albatta, bunday vaziyatda Rim klubiga oid yangiliklar, xabarlar va ma’lumotlar ko‘pchilikni bee’tibor qoldirmaydi.

Tecno

Ta’kidlash joizki, “Roma”ning masumdagi birinchi rasmiy uchrashuv – UEFA Konferentsiyalar ligasida kuchli raqib – “Trabzonspor” maydonidan muhim g‘alaba bilan qaytgani rimlik muxlislarning jamoa futbolchilariga va shaxsan bosh murabbiy Joze Mourinoga bo‘lgan ishonchini oshirib yubordi.

Italiyaning sportni yoritishga ixtisoslashgan www.gazzetta.it nashri jurnalisti Kyara Dzukkelli Turkiyadagi o‘yindan keyin “Roma” klubida yuzaga kelgan ijobiy o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.

Kyara Dzukkellining yozishicha, “Roma” futbolchilari xalqaro musobaqadagi g‘alabali debyutidan so‘ng, o‘z qarorgohiga qaytib, Joze Mourino qo‘l ostida jangovar ruhda A Seriyaning birinchi tur uchrashuviga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Portugaliyadagi yig‘inda jarohat olib, safdan chiqqan etakchi futbolchilardan Gonsalo Vilyarning yana mashg‘ulotlarga qaytgani futbolchilarning ruhiyatini ko‘tardi.

652113_original

Maqolada yozilishicha, Eldor Shomurodov Rim klubiga ko‘chib o‘tganidan keyin o‘rtoqlik uchrashuvlarida “Betis” va “Raja Kasablanka”, rasmiy bahsda “Trabzonspor” darvozalarini ishg‘ol qilganidan keyin “Roma” muxlislarining eng sevimli futbolchisiga aylanib ulgurdi.

Ayni paytda Rimda eng ko‘p sotilayotgan futbolka aynan Eldor Shomurodov va jamoa yulduzi Nikolo Dzanoloniki bo‘lmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, o‘zbek hujumchisining nomi tushirilgan futbolkalarga talab ko‘pligidan ularni tayyorlash va etkazib berish uchun rejalashtirilganidan bir necha kun ko‘proq vaqt ketgan.

Shuningdek, “Roma”ning talabchan ishqibozlariga Eldor Shomurodov jamoaga moslashish uchun vaqt ketkazmasdan, kelishi bilan o‘z gollari bilan jamoaga yordam bera boshlagani juda ma’qul kelgani aytilmoqda.

Buni muxlislarning quyida keltirilgan ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatidan ham bilib olish mumkin.

Daniele Giuliani:

Shomurodov o‘zi qatnashgan o‘yinlarda katta taassurot qoldirmoqda.

Marco Scolozzi:

Menimcha, 17 million evroga taklif qilingan Eldor Shomurodov bizga 40 million evroga tushgan va ko‘p maqtalayotgan Temmi Abraxamdan ko‘p foyda keltirmoqda.

Francesco Iannilli:

Men har ikki hujumchining o‘yinidan videolavhalar tomosha qildim. Menga Abraxamga qaraganda Shomurodov ko‘proq yoqdi. Angliyalik futbolchi “Chelsi”dan kelgani uchungina qimmat. Agar Shomurodov ham “Chelsi” futbolchisi bo‘lganida uning transferiga kamida 50-60 million evro to‘lagan bo‘lardik.

19991945_0_108_2075_1275_1920x0_80_0_0_cfceb5880de38bfd7e8bf606d1307265

Ayni paytda Joze Mourino shogirdlari 22 avgustga belgilangan “Fiorentina”ga qarshi birinchi tur uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu uchrashuv uchun 30 mingta chipta sotuvga chiqarildi. Dastlabki kunlarning o‘zida 25 ta chipta sotib bo‘lindi.

Muxlislar Joze Mourino boshchiligidagi “Roma” o‘yinini o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga oshiqmoqda. “Roma”  va “Fiorentina” o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 ta boshlanadi.

Nihoyat, “Roma” muxlislari Shomurodovga tan berdi!

Vadim Abramov: Shomurodov porlamoqda, O‘runov esa Eldorning izidan borishi mumkin!

Shomurodov zo‘rmi yoki Abraxam yoxud Mourino kimga imkon beradi?

Shomurodovning o‘zi “Roma”ga o‘tgani haqida nimalar dedi?

Eldor Shomurodov va 61 ta gol!

Mourino g‘alaba mashinasini yaratmoqda va unda asosiy ishni Shomurodov bajarishi kerak!

Hamma ham Shomurodov bo‘lolmaydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Дима..
21/08/2021 11:07
30 минг чипта сотувга чикарилибди дастлабки кунда 25 та чипта сотилибди эртага яна 25 та сотилса колгани 24950 та колиб кетар эканда.
&
Турсун Ғани
21/08/2021 17:12
Йўғе 25 мингтаси сотилган бўлса керак. Сайтдагилар хато ёзишган шекилли. Ромага Жозе Маур ва янги ҳарид қилинган ўйинчилар келган, уларни кўриш учун Олипикода эртага 30000 муҳлисси ҳаммаси киради албатта. Мавсум бошланиши ҳамма футболни соғинган бўлса керак у ерларда. Лекин ўқиб мазза қилиб роса кулдим ёзганизни...
&
Дима..
21/08/2021 21:13
Админ хота ёзганку укидингизми.
solijon bobokulov
21/08/2021 10:18
Abramov devzira guruchdan shavla pishiribdi-da.
&
Турсун Ғани
21/08/2021 21:33
Абрамов пширган шавла тагига олган эди аллақачон...
&
Турсун Ғани
21/08/2021 09:59
Ҳа ҳа ҳа шундай бизнинг Элдор аслида бебаҳо футболчи... тўғри у Челседан келганида эҳтимол Рома учун 50-60 миллионга тушарди... тўғри фикирлар... омад...
Temur Translater
21/08/2021 15:15
Atigi 25 ta sotildimi?