“Roma” muxlislari Shomurodov tufayli ikkiga bo‘lindi! Kim haq?

  • 2 avgust, 2021, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 10
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol jamoatchiligi tez orada “Roma” o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov transferini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

Rimliklar “Jenoa” hujumchisini keyinchalik transfer qilish huquqi bilan bir mavsum ijaraga oladi. Biroq, Shomurodovga besh yillik shartnoma taklif qilingan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu transfer “Roma”ga qariyb 20 million evroga tushmoqda.

“Roma” muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Shomurodov transferi bo‘yicha o‘z munosabatini bildira boshladi. Ta’kidlash joizki, muxlislarning bu boradagi fikri bir joydan chiqmayapti. Rimlik ishqibozlarning bir guruhi bu transferga qarshiligini bildirsa, qolganlari Eldor Shomurodov “Jenoa”da bo‘lgani kabi yana o‘zini ko‘rsatishga qodirligini ta’kidlamoqda.

158144865_4367517603259126_95205288438391258_o

Sports.uz sayti o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga rimliklarning Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha fikr-mulohazalarini havola etadi.

Matteo Lorenzi:

Men bu yana bir omadsiz transfer bo‘lishidan cho‘chiyapman. Bir necha yil oldin Patrik Shikni 42 million evroga sotib olib,  bu futbolchi uchun ikki baravar narx to‘lagandik. Natijada u o‘zini faqat boshqa klublarda ko‘rsatdi. Bu gal Eldor Shomurodovni olyapmiz va unga ham ikki baravar ko‘p to‘layapmiz. Lekin o‘zbek hujumchisi “Roma”da o‘zini ko‘rsatib, Shikning yo‘lini takrorlamasligiga ishongim kelyapti.

Francesco Brescia:

Bir yil muqaddam narxi 7 million bo‘lgan va mavsumda 32 ta uchrashuvda 8 ta gol tsrgan hujumchi uchun 20 million sarflash aqlsizlik. Bu transferni tushunmadim.

Fabio Lombardi:

Jeko va Mayoralga solishtirganda bu hujumchi jamoani kuchaytira olishiga ishonchim komil emas. Undan ko‘ra, Mayoralni “Real”dan to‘liq sotib olishga pul sarflash kerak edi. Shunda hamyana bir hujumchiga pul qolardi.

168349402_4444129475597938_4506423684901875210_n

Riccardo Rosina:

O‘zbek hujumchisi o‘tgan mavsum oxirida zo‘r o‘yin namoyish qildi. U zo‘r o‘ynadi va muntazam gol urdi. Bizga aynan mana shunaqa hujumchi kerak. Narxning balandligiga kelsak, biz uni avval ijaraga olyapmiz,  agar o‘ynab ketolmasa, sotib olmaymiz.

Enrico Fiasco:

Bu transferning mantiqiy tomonlari ham bor. Internetda Shomurodovning Mourino bilan tushgan surati bor. Bizga Mourinodek murabbiy kelyapti va u albatta Eldorni kutilgan darajada o‘ynata oladi.

Kevin Barrera:

Mavsum oxirida bir necha uchrashuvni zo‘r o‘tkazgan futbolchi uchun 20 million evro xarajat qilish mantiqdanmi?

Justin Di Matteo:

Endi bizning jamoamizga maydoni Italiyadan ikki baravar katta bo‘lgan Osiyodagi davlatlardan biri muxlislik qiladi. Shomurodov qanday o‘ynarkin bilmadimu, lekin muxlislarimiz safi ancha kengayishi aniq.

18597042_0_36_1917_1114_1920x0_80_0_0_7c89eaf106c4f69f4531bbd3decf87a3

Giuliano Garofalo:

Eldorning o‘yinlarini kuzatish juda maroqli va qiziqarli bo‘ladi. O‘tgan mavsum oxirida u deyali barcha uchrashuvda gol urdi. Yozgi o‘rtoqlik o‘yinlarida ham muntazam to‘p kiritdi. U formasining yuqori darajasiga ko‘tarilayotgan haqiqiy to‘purar!

Shomurodovning yangi jamoasidan yangiliklar!

Shomurodov Rimga keldi!

Shomurodovning izidan boringlar!

Shomurodov Portugaliyaga yo‘l oladi!

Shomurodovning “Roma”dagi maoshi aniq bo‘ldi!

Eldor Shomurodov “Real” yoki “Barsa”da o‘ynashiga ishonaman!

Shomurodov gollar hisobini ochdi!

Shomurodov mutaxassislar fikrini o‘zgartirdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shahzod_andmi
02/08/2021 16:43
Hali korasanlar Eldorni
telefon sozlash ремонт сотовых телефон
01/08/2021 21:18
Justin Di Matteo shuning fikri haqiqatga ancha yaqin ekan
&
Турсун Ғани
03/08/2021 00:20
Элдор биз сенга ишонамиз. Олғааа...
Akbarali Abdunazarov
02/08/2021 21:53
Кот диуарда Драгба порлаган булса Узбекларда Элдор порлайди худо хохласа!
Akbarali Abdunazarov
02/08/2021 21:51
Узбекларда яхши Макол бор Жужани кузда санаймиз!Ромада ярим химоя кучли, Элдога туп етиб келса гол хам уради, Кузда худо хохласа порлайди! РОМА уйинларини интиклик билан кутиб коламиз!
Bobur Turdiqulov
02/08/2021 19:23
Mavrinyoning shaxsan uzi bekorga Eldorni Romaga olmadi chunchi Eldor Mavrinyoni uyin uslubiga juda mos tushadi va aniq uzini kursatadi insha alloh
Bobur Turdiqulov
02/08/2021 19:23
Mavrinyoning shaxsan uzi bekorga Eldorni Romaga olmadi chunchi Eldor Mavrinyoni uyin uslubiga juda mos tushadi va aniq uzini kursatadi insha alloh
Elbek Qudratov
02/08/2021 19:15
Umid qilamizki Eldor Romada ham uzini kursata oladi chunki u O'zbek o'g'loni
Bobur Turdiqulov
02/08/2021 19:22
Mavrinyoning shaxsan uzi bekorga Eldorni Romaga olmadi chunchi Eldor Mavrinyoni uyin uslubiga juda mos tushadi va aniq uzini kursatadi insha alloh
Ravshanov Sharofiddin
03/08/2021 17:05
Men Shomurodovga ishonaman va o'ylaymanki u yangi jamoasida o'zining nimalarga qodir ekanligini kursatib qo'yad.Shomurodov yaqin yillarda "Real" "Barsa" kabi nomdor jamoalar e'tiborini tortishiga aminman.