“Roma” Shomurodov vaziyatiga oydinlik kiritdi!

  • 1 dekabr, 2022, 18:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning Italiyadagi faoliyati qanday davom etishi o‘zbekistonlik futbol muxlislarining barchasini qiziqtirib turgan masala hisoblanadi.

Tecno

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino Yaponiyadagi yig‘indan keyin bir markaziy hujumchi bilan o‘ynaladigan taktik sxemaga qaytishini ma’lum qildi. Aynan mana shu sxema yordamida rimliklar “Yokogama Farinos”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqarib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.

Darhaqiqat, “Roma”ga 3:3 hisobida durang keltirgan bahsdagi oxirgi to‘pni yagona markaziy hujumchi sifatida o‘ynagan Eldor Shomurodov kiritdi.

roma-nippo_1

Tabiiyki, o‘rtoqlik uchrashuvidagi birgina gol legionerimizning jamoadagi mavqeini oshirmaydi. Joze Mourino jamoasida bu markaziy hujumda Temmi Abraxam va Andrea Belottining joyi kafolatlangan. Norvegiyalik hujumchi Ola Srlbakkenning “Roma”ga o‘tganini inobatga olsak, Shomurodovning maydonga tushish navbati yanada ortga suriladi.

Shu bois, o‘zbek hujumchisining yanvarda jamoadan ketishi haqidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda. Italiya matbuoti “Montsa”, “Torino”, “Sampdoriya” va “Kremoneze” Shomurodovni qishki transferlar uchun birinchi nishon sifatida belgilaganini yozmoqda. Bu klublarning bari “Roma”ga o‘zbek hujumchisining transfer ma’lumotlarini so‘rab murojaat qilgani haqida ma’lumotlar bor.

Shuni inobatga olib, “Roma” rahbariyati Eldor Shomurodov vaziyatiga oydinlik kiritdi. Bir necha manbalar, xususan, Tuttomercatoweb.com saytining xabar berishicha, Rim klubi hujumchini yanvar oyida qo‘yib yuborishga tayyor.

Bu birinchi navbatda, xaridorlar qancha summa taklif etishiga bog‘liq bo‘lishi ta’kidlanmoqda. “Roma” ideal variant sifatida hujumchini birdaniga to‘liq transfer qiladigan jamoa bilan savdolashmoqchi. Agar buning imkoni bo‘lmasa, Eldorni mavsum oxirigacha ijarada o‘ynatmoqchi bo‘layotgan klublar yozda forvardning transferini to‘liq xarid qilish majburiyatini o‘z zimmasiga olishi va buning uchun to‘lanadigan summa hozirdan belgilab qo‘yilishini ma’lum qildi.

Qaysi klub shu shartnoma bajarsa, o‘z hujum chizig‘ini Eldor Shomurodov bilan kuchaytirish imkoniga ega bo‘ladi.

Transferlarga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world saytida hamyurtimizning narxi 7 million evrogacha tushgani ko‘rsatilgan.  

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, “Roma” mutasaddilari yozda Eldor Shomurodovni 10 million evro taklif qilgan “Bolonya”ga bermadi. Demak, bu gal ham poytaxtliklar shu summadan baland taklif kutadi.

gettyimages-1445423399-1024x1024

Shomurodovning “Roma” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan. “Bo‘rilar” o‘tgan yili yozda o‘zbek hujumchisi uchun “Jenoa”ga 18 million evro to‘lagan edi.

Shomurodov uchun kurashda asosiy favorit nomi aniq bo‘ldi

"Roma"ni qutqargan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Vaziyat Shomurodov istagandek emas!

Shomurodovning goli “Roma”ni mag‘lubiyatdan qutqardi. Endi Mourinoning munosabati o‘zgaradimi?

O‘runov jamoasiz qolganining haqiqati ochildi!

Shomurodov va Abraxamdan keyin Dibala ham “Roma”dan ketadigan bo‘lyapti!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Маруф Маматханов
30/11/2022 09:00
Унда кура узимизни чемпионат трансферлари хакида езинглар еки качон анави нохолис СА сайтидан чиккандан кейин езасизларми сизлар узимиздаги трансферлар хакида
Baxil Alihuja
02/12/2022 10:28
Битта нарсани чайнавураркансизлар-де! Бизда факат Шомуродов яшайди-ми?