"Setanta Sports" va Bundesliga hamkorlikni davom ettiradi

  • 16 fevral, 2024, 16:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bundesliga International" va "Setanta Sports" hamkorlikni davom ettirish borasida kelishib oldi.

2015/16 yilgi mavsumdan boshlab "Setanta Sports" Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Moldova, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O‘zbekistonda Bundesliga va Bundesliga-2 o‘yinlarini translyatsiya qilib keladi. Bugungi e’lon ushbu mamlakatlardagi hamkorlikni 2028/29 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirishni anglatadi.

Tecno

"Setanta Sports" bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdik. Ushbu bitim butun dunyo bo‘ylab muxlislarni yuqori sifatli mahsulot bilan ta’minlashga qaratilgan", - dedi Bundesliganing xalqaro marketing bo‘yicha direktori Per Naubert. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!