Shomurodov "yangicha" jamoada!

  • 4 mart, 2022, 08:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyaning “Sport Den za Dnem” nashri Rossiya chempionatining 30 yillik tarixida MDH davlatlaridan kelgan eng kuchli legionerlar ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Tecno

Ushbu ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ham joy oldi. Ma’lumki, hamyurtimiz 20017-2020 yillar davomida “Rostov” jamoasi sharafini himoya qilgan. Eldor rostovliklar safida birorta sovringa ega bo‘lmadi. Eng katta yutug‘i o‘z o‘yinlari orqali Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida to‘p tepishga qodirligini isbotlay olgani  bo‘ldi.

d129fc11c43c355a70558d48eec7119a5cb438082bbfb750516014

Hamyurtimiz “Rostov” jamoasida jami 91 ta uchrashuv o‘tkazib, 18 ta gol urdi va 12 ta golli pas oshirdi.

2020 yilning oktyabr oyida “Jenoa” hujumchimizni 7,5 million evro evaziga transfer qildi. Genuyaliklar safida jami 32 marotaba maydonda tushgan futbolchi raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga bir juft golli pas oshirdi.

Debyut mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazgan Shomurodovni o‘tgan yilning yozida “Roma” 17,5 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. Joriy mavsumda Eldor jami 29 marotaba maydonga chiqib, o‘z hisobiga to‘rtta gol va beshta golli pas rasmiylashtirdi.

“Sport Den za Dnem” nashri tuzgan ramziy terma jamoa quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi.

gatcan

Abraxam Jekoning o‘rnini bosdi

Temmi Abraxam “Roma”da qayd etayotgan natijalar muxlislarning xavotirini yo‘qqa chiqardi. Angliyalik to‘purar  jamoani tark etgan Edin Jekoning o‘rnini bosa oldi.

Ayni paytda Abraxam 19 ta gol bilan Evropadagi angliyalik hujumchilar o‘rtasida eng ko‘p to‘p kiritgan hujumchi bo‘lib turibdi. Hatto. Ko‘p gol urishi bilan hurmat qozongan Harri  Keyn, Jeyms Vardi va Rahim Sterling kabi hujumchilar ham rimliklar vakilidan ortda qolmoqda.

Hozir Temmi Abraxamning asosiy maqsadi Angliya terma jamoasidan muqim joy olib, yil oxirida Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etish. Terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt birinchi raqamli hujumchi sifatida Harri Keynni tanlagan. Abraxam o‘z natijalari bilan buni yo‘qqa chiqarishi kerak.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Roma” tarixida eng qimmat transfer bo‘lgan Temmi Abraxam o‘ziga sarflangan 40 million evroni to‘liq oqladi. Aslida uni Rimga jo‘natgan “Chelsi” gol ura oladigan yuqori saviyali hujumchisiga ehtiyoj sezmoqda. “Aristokratlar” Temmi Abraxamni ortga qaytarish huquqiga ega. Buning uchun ular “bo‘rilar”ga 80 million evro miqdorida badal puli to‘lashi kerak bo‘ladi.

17565372

Mourino jarimadan qutilib qoldi

Ispaniya milliy sud kollegiyasi Joze Mourinoga 2015 yilda qo‘yilgan 571 ming evro miqdoridagi jarimani bekor qilish haqida qaror chiqardi.

Portugaliyalik mutaxassis 2010-2012 yillarda “Real”ni boshqargan vaqtida soliq to‘lashdan bosh tortganlikda ayblangan edi. O‘shanda soliq idorasi xodimlari murabbiyni daromadlari miqdorini pasaytirganlikda ayblagan.

Ayb isbotlab berilishi kerak, taxmin bilan hukm chiqarib bo‘lmaydi. Bu taxminlar soliq majburiyatlarni bajarmaganlik uchun jazo tayinlashga etarli emas, - deyila Mourinoni oqlash bo‘yicha e’lon qilingan bayyonotda.

Ayni paytda Mourino Italiya chempionatida “Roma”ni boshqarib, bir mavsum uchun 7 million evro atrofida maosh olmoqda.

6bfb43f8f834a7fb6fd4c18092cb9f396053b914f05f9656946422

Mourino raqobatda Shomurodovni enggan hujumchini asosiy tarkibdan haydadi!

Ular hali Shomurodovni unutgani yo‘q!

Abraxam joyini Shomurodovga bo‘shatib beradi. U tezroq “Roma”dan ketmoqchi!

Umarovning uzri o‘tmadi, jamoalar uni talashmoqda, lekin...

Mourino afsonaviy hujumchini “Roma”ga qaytarmoqda!

Shomurodov holati bo‘yicha tezkor ma’lumot!

Mojaro Umarovning Evropadagi faoliyatiga chek qo‘yishi mumkin!

Manchesterliklar “Roma”ning hujumdagi futbolchisini chorlamoqda. U kim ekan?

Shomurodovning asosiy kuchi nimada?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!