Mourino raqobatda Shomurodovni enggan hujumchini asosiy tarkibdan haydadi!

  • 3 mart, 2022, 09:02
  • 1
  • Futbol

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino 19 yoshli hujumchi Fediks Afena-Gyanni yana o‘rinbosarlar tarkibiga qaytarib yubordi.

Ganalik hujumchi joriy mavsumda asosiy tarkibga qo‘shilgandi. U “Jenoa”ga qarshi debyut uchrashuvida ikkita gol urib, Joze Mourino ishonchiga kirgan edi. Portugaliyalik mutaxassis uni qo‘llab-quvvatlash uchun qimmatbaho krossovka hadya qilgani ham bosh murabbiyning yosh o‘yinchiga munosabatini bildirib turadi.

Keyin paytda Mourino Feliksni Temmi Abraxamdan keyingi ikkinchi hujumchiga aylantirdi. Ungacha Eldor Shomurodov angliyalik to‘purarning o‘rinbosari hisoblanardi.

Joze Mourino uchun Eldordan ustun ko‘ringan Feliks xatoga yo‘l qo‘ydi. Bosh murabbiy uning tungi diskotekalarda yurganidan xabar topdi.

Il Messaggero nashrining xabar berishicha, Feliks o‘rinbosarlar tarkibidagi do‘stlari bilan tungi diskotekalarga borgani uchun Joze Mourino uni asosiy tarkibdan haydab, yani ikkinchi jamoaga qaytarib yuborgan.

O‘yinchining bunday qattiq jazolashiniga klubdagi vaziyat ham ta’sir qildi. Mourino jamoaning hujumkor o‘yinchilari Stefan El-Shaaravi va Nikolo Dzanolo jarohatlaridan to‘liq tiklanmagani bois Feliksdan bor e’tiborini jamoaga qaratishni talab qilgan. Biroq, yosh o‘yinchi masala naqadar jiddiy ekanini tushunmay, ko‘ngilochar tadbirlarga sho‘ng‘ib ketgani Mourinoni ikki hissa g‘azablantirdi.

Afena-Gyan joriy mavsumda A Seriyada 12 ta uchrashuvda ikkita gol urdi. Kubok bahslarida ham ikki bor maydonga tushdi.

O‘rinbosarlar jamoasida esa beshta bahsda qatnashib, raqiblar darvozasini olti bor ishg‘ol qilgan edi.

Shu tariqa, “Roma” asosiy tarkibida ikki markaziy hujumchi Temmi Abraxam va Eldor Shomurodov qoldi. Shuningdek ularga Karles Peres va Stefan El-Shaaravi ham yordamlashadi.

296fa4

Mourinoga mashhur o‘yinchi kerak

Bild nashrining xabar berishicha, “Roma” mutasaddilari “Benfika”da to‘p tepayotgan Yulian Vayglni transfer qilmoqchi. Bu maqsadga erishish uchun rimliklar “Milan” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

26 yoshli o‘yinchi “Borussiya”dagi faoliyati bilan tanilgan. “Benfika” uni 2020 yilning yanvarida dortmundliklardan 20 million evro evaziga transfer qilgan edi.

Vaygl bo‘yi baland bo‘lishiga qaramay, texnik jihatdan kuchli o‘yin ko‘rsatadi. U har ikki oyoqda ham yaxshi o‘ynaydi. Ikkinchi qavatdagi kurashlarda ham faol. Mourino germaniyalik futbolchi yordamida tayanch zonani sezilarli darajada kuchaytirmoqchi.

Yulian Vaygl joriy mavsumda barcha turnirlarda 37 ta uchrashuv o‘tkazib, uchta to‘p kiritdi va jamoadoshlariga beshta golli pas oshirdi.

Uning “Benfika” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. Portugaliyaliklar uni 20 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

1626633137_weigl2

“Roma” Mxitaryanni olib qoladigan bo‘ldi

“Roma” rahbariyati armanistonlik legioner Genrix Mxitaryanga bir yillik shartnoma berishga qaror qildi. Avvalroq, klub xo‘jayinlari yozda erkin agentga aylanadigan pleymeyker bilan xayyorlashishga tayyor ekanini bildirgandi.

La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, poytaxtliklar joriy mavsumda yuqori  saviyada o‘ynayotgan yarim himoyachi borasida fikrini o‘zgartirgan. Klub mutasaddilari yaqin kunlarda Mxitaryanning agentlari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha muzokarani boshlashi kutilmoqda.

Joriy mavsumda Genrix barcha turnirlarda 32 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasiga uchta to‘p kiritdi va jamoadoshlariga ettita golli pas uzatdi.

Mourinoga bu o‘yinchining turli pozitsiyalarda o‘ynay olish mahorati qo‘l kelmoqda. U qanotlardan hujum uyushtirish, jamoadoshlarini qulay pozitsiyaga chiqarish, hujumchi ortida o‘ynash va pleymeykerlik qobiliyatini namoyish qilib kelmoqda.

Mxitaryan faoliyati davomida “Pyunik, “Metallurg D”, “Shaxtyor”, “Borussiya D”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” kabi jamoalarda ham to‘p tepgan.

285ec3

Ular hali Shomurodovni unutgani yo‘q!

Abraxam joyini Shomurodovga bo‘shatib beradi. U tezroq “Roma”dan ketmoqchi!

Umarovning uzri o‘tmadi, jamoalar uni talashmoqda, lekin...

Mourino afsonaviy hujumchini “Roma”ga qaytarmoqda!

Shomurodov holati bo‘yicha tezkor ma’lumot!

Mojaro Umarovning Evropadagi faoliyatiga chek qo‘yishi mumkin!

Manchesterliklar “Roma”ning hujumdagi futbolchisini chorlamoqda. U kim ekan?

Shomurodovning asosiy kuchi nimada?

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilyosxon Akramov
04/03/2022 20:47
Гинрихжон хали Элдорга Куп пас бера!!сан