Shomurodov holati bo‘yicha tezkor ma’lumot!

  • 24 fevral, 2022, 01:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

A Seriyada qatorasiga uchta uchrashuvda ochko yo‘qotgan  “Roma” ketma-ket noxush xabarlar to‘riga ilinib qoldi. “Verona”ga qashi uchrashuv oldidan asosiy tarkibning 9 nafar futbolchisi jamoaga yordam berolmasligi aniq bo‘ldi. Ular orasida jarohat olgan, diskvalifikatsiya qilinganlar va kovid yuqtirganlar bor edi. Eldor Shomurodov ham koronavirus bilan og‘rigani bois izolyatsiyaga olingandi.

Mourino “Verona” bilan bo‘lgan bahsda yosh o‘yinchilar yordamida mag‘lubiyatdan bazo‘r qutilib qoldi. Odatdagidek, hakamni tanqid qilgan portugaliyalik mutaxassis o‘yin oxirida hissiyotlarini jilovlay olmay, uchrashuv referisini haqorat qilib qo‘ydi.

Tartib-intizom qo‘mitasi Mourino, uning yordamichisi Santush va sport direktori Tyagu Pintoga diskvalifikatsiya qo‘lladi.

A Seriya doirasida 27 fevral kuni safarda “Spetsiya”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinga tayyorlanayotgan “Roma” muxlislari   nihoyat xushxabar ham eshitdi.

Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan www.calciomercato.com saytining  xabar berishicha, Eldor Shomurodov koronavirusdan tuzalib, safga qaytgan. Shuningdek, Nikolo Dzanolo va Stefan El-Shaaravi kabi etakchi o‘yinchilar ham jarohatlarini tuzatib, mashg‘ulotlarga qo‘shilgan.

Safdan chiqqan o‘yinchilar orasida Genrix Mxitaryan hali davolanishni davom ettirmoqda va u katta ehtimol bilan “Spetsiya”ga qarshi bo‘ladigan bellashuvda qatnasha olmaydi.

Eldor Shomurodov joriy mavsumda A Seriya,  Konferentsiyalar ligasi va Italiya kubogida jami 28 ta uchrashuvda maydonga chiqib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga beshta golli pas oshirdi.

Eldor-Shomurodov1

Muxlislar Mourinoni qo‘llab-quvvatladi

Joze Mourino “Verona” qarshi uchrashuv oxirida hakamlar bilan yuzaga kelgan vaziyatni izohlab, u rimlik muxlislar uchun kurashayotganini ta’kidlagan edi. O‘z navbatida, natijalar ko‘ngildagidek bo‘lmayotaniga qaramay, “bo‘rilar”ga ishqibozlik qiluvchi Rim aholisi portugaliyalik mutaxassisni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

“Roma” tarafdorlari ijtimoiy tarmoqlarda Joze Mourinoni ko‘nglini ko‘tarib, “Biz sening mentalitetingga ishonamiz”, “Yaqinda ota bo‘laman va o‘g‘limga Joze, deb ism qo‘yaman”, “Rimning kaliti sening qo‘lingda” qabilidagi shiorlar bilan portugaliyalik mutaxassisga bo‘lgan munosabatini izhor qilmoqda.

“Roma” rahbariyati joriy mavsum oldidan jamoa oldigan Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish, Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqish va Italiya kubogida zafar quchish vazifasini qo‘ygandi.

Biroq, hozirning o‘zida “Roma” Italiya kubogidan chiqib ketdi, kuchli to‘rtlikka kirib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga da’vogarlik qilish imkoniyatini boy berdi. Ayni paytda Mourino shogirdlari faqatgina Konferentsiyalar ligasi bosh sovrini uchun kurashni davom ettirmoqda.

dOslDfT

“Roma” “Barsa” o‘yinchisi uchun to‘rt futbolchisini sotadi

Joze Mourino tarkibni grand klublar futbolchilari bilan kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Portugaliyalik murabbiy ro‘yxatidan doy olgan o‘yinchilar orasida “Barselona”ga kerak bo‘lmay qolgan himoyachi Serdino Dest ham bor.

Kataloniyaliklar bu himoyachini 20 million evroga baholamoqda.

Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, rimliklar yozda Dest va ro‘yxatdagi boshqa o‘yinchilarni olish uchun bir necha futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.

Yozda poytaxt klubi asosiy tarkib o‘yinchilari Rik Karsdorp va Maias Vina bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Shuningdek, sport direktori Tyagu Pinto boshqa jamoalarga ijaraga berilgan Alessandro Florentsi va Jastin Klyuyvertni to‘liq sotib yuborish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Destga Frantsiya klublaridan taklifoar borligiga qaramay, u Italiya chempionatida to‘p tepishga moyillik bildirgan.

sergino-dest-barcelona-debut-sevilla

Mourino "Real" hujumchisini qaytarmoqchi. Ketish navbati Shomurodovgami?

Mojaro Umarovning Evropadagi faoliyatiga chek qo‘yishi mumkin!

Umarov o‘ynamasa kim xavfli vaziyat yaratadi? Shahbozning jamoadan chetlatilgani BATE muxlislariga yoqmadi!

Manchesterliklar “Roma”ning hujumdagi futbolchisini chorlamoqda. U kim ekan?

Mourino “Roma”da qoladiganlar va yozda ketadiganlar nomini aytdi. Shomurodov qaysi guruhda?

Temmi Abraxam o‘rniga boshqa hujumchi olamiz!

Shomurodov Ronaldu bilan yonma-yon to‘p tepishi mumkin! Buning uchun esa...

Shomurodov: Evropadan ortga qaytsam bo‘lardi, lekin...

Shomurodov: Gol urmasang, Evropaga yo‘l qayda?..

Shomurodovning asosiy kuchi nimada?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!