
Shomurodovni o‘ylab o‘tirmay, transfer qilamiz!
Eldor Shomurodovning “Kalyari”dagi vaziyati yaxshi tomonga o‘zgara boshladi.
Kuchli raqib – “Atalanta”ga qarshi uchrashuvda o‘z assisti bilan hisobni tenglashtirishga katta hissa qo‘shgan legionerimiz zaxiraga olinib, maydondan chiqib ketayotgan pallada sardiniyalik muxlislar uni oyoqda turib olqishladi.
Ayni paytda futbol ishqibozlari Eldor Shomurodovni “Kalyari”ga to‘liq transfer qilish masalasini keng muhokama qilmoqda.
Sports.uz portali “Kalyari” muxlislarining ijtimoiy tarmoqlarda bildirayotgan fikrlaridan ayrimlarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
Xulio Sezar:
Shomurodovning jamoaga kerakligini shubhasiz, u yaxshi darajadagi hujumchi. Joriy mavsumdagi omadsizliklari bir necha sabablarga bog‘liq edi. Endi muammolar ortda qoldi va Eldor keyingi paytda ancha ko‘tarilib oldi.
Karlo Ermellino:
Menimcha, ijara muddatini uzaytirib turish kerak. Chunki Eldorning maoshi katta. Uni olib qolib, Andrea Petanyani qaytarib yuborish kerak.
Marko:
“Kalyari” uchun har mavsum 1,8 million evro to‘lash og‘irlik qilishi mumkin. Shomurodovning ijara muddatini uzaytirish kerak.
Maksimum:
Keyingi paytda Shomurodov jamoaga kerakligini isbotlay oldi va shuning uchun ham uni saqlab qolishimiz kerak. Oldindagi 7 ta uchrashuvda Eldor o‘z qadrini ko‘rsatishi talab etiladi.
Uolter:
Shomurodov sog‘lom vaqtida zo‘r o‘yinchi ekanini isbotlab qo‘ydi. Tezkor, texnikasi zo‘r. Yaxshi saviyadagi markaziy hujumchi. Eldor mashg‘ulotlarda yaxshigina ter to‘kadi, bunga jiddiy yondashadi. Bu borada ko‘pchilikka o‘rnak bo‘la oladi. Oyog‘i sinib qolgani esa, uning aybi emas.
Mark:
Eldor Shomurodovni o‘ylab o‘tirmay, transfer qilish kerak. Eldor har qanday vaziyatda ham kurashib keladi. Agar kelasi mavsumda ham jamoada qolsa, “Kalyari” chempionatni umuman boshqacha boshlaydi. Klub prezidenti bunga ko‘z yummaydi, deb umid qilamiz.
Graneze:
Shomurodov uchun o‘zini loyihaning bir bo‘lagi, muhim o‘yinchi ekanini his qilish ahamiyatga ega. “Jenoa”da shunday edi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodovni bir mavsumga ijaraga olish uchun “Kalyari” klubi “Roma”ga bir million evro to‘lagan. Sardiniyaliklarda yozda o‘zbek legionerining shartnomasini 9 million evroga sotib olish huquqi ham bor.
Shomurodov bizga kerakmi?
Husanov eng tezkor, Shomurodov qahramon, Yaxshiboev eng zo‘ri...
“Bavariya” masalasi yana ko‘tarildi. Fayzullaev va TsSKA munosabat bildirdi!
Ana xolos: Ukrainada to‘purar legionerimizni esga olishdi
Fayzullaev chempionlik, “Bavariya” va Evropaga ketish haqida gapirdiIkki mashhur bokschi o‘lim bilan olishmoqda
Fikrlar