
Vernerning narxi bir kechada 9 million evroga ko‘tariladi
“Leyptsig” prezidenti Oliver Minttslaff “Liverpul” rahbariyatini hujumchi Timo Vernerning transfer narxi pasaytirilmasligi haqida ogohlantirdi.
- Timoning narxi hech qanday sharoitda ham pasaytirilmaydi. Vaziyat bizning qo‘limizda. Bir necha yillik shartnomaga ega futbolchini o‘z narxidan arzon sotmaymiz, - dedi Oliver Minttslaff.
Shartnomaga ko‘ra, istalgan klub Timo Vernerni shu yilning 15 iyuniga qadar 5 million evroga transfer qilishi mumkin. Bu sanadan keyin hujumchining narxi 64 million evroga aylanadi.
Fikrlar