Tezkor! Argentina yulduzi jarohat oldi
"Yuventus" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Paulo Dibala JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Urugvayga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.
U 2019 yilning noyabr oyidan beri ilk marta terma jamoaning asosiy tarkibiga kirdi va tanaffusda almashtirildi. Pauloning boldir mushagida shikastlanish aniqlandi. Argentinalik futbolchining tiklanish vaqti borasida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
Ma’lumot o‘rnida, 27 yoshli hujumchi Turin klubi safida bu mavsum umumiy 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Messi boshchiligidagi Argentina rekordlar arafasida

Fikrlar