Timur Gurtskaya: O‘runov “Spartak”ga umuman kerak emas!

  • 29 iyul, 2020, 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol eksperti Timur Gurtskaya “Spartak”ning 19 yoshli Oston O‘runovni transfer qilayotganiga keskin fikr bildirdi.

Tecno

- O‘runov taklif qilinayotgan pozitsiya uchun “Spartak”ga hech kim kerak emas. Ularda hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida o‘ynay oladigan Kral, Til va Zobnin kabi futbolchilar bor. Boshqa amplualar esa kuchaytirilishga muhtoj.

Ular O‘runovni nega olishayotganini tushunmadim. Buni Gazizovdan so‘rash kerak. Tushunarsiz holat.

Hujumkor futbolchi sifatida O‘runovga aniq pas etishmaydi, tayanch yarim himoyachisi desak, himoyaviy harakatlari va to‘pni olib qo‘yish koeffitsenti yuqori emas. Nega uni olishayotganini tushunarsiz, - dedi Gurtskaya.

Garchi, Timur Gurtskaya “Spartak”dagi o‘zgarishlarni tanqid qilayotgan bo‘lsa-da, aksariyat mutaxassislar Oston O‘runov tezligi, kurashuvchanligi, driblingi, jismoniy ustunligi va kreativ o‘yin uslubi orqali “Spartak”ni kuchaytirishiga ishonmoqda. Buyog‘ini esa, vaqt ko‘rsatadi.

“Navbahor” legioneri: O‘runov – o‘zbeklarning Xalki, u hammasini uddalaydi!

Odil Ahmedov: O‘runovning “Spartak”ga o‘tishi o‘zbek futboli imijini ko‘taradi

O‘runovning “Spartak”dagi maoshi ma’lum bo‘ldi

Koronavirusdan davolanayotgan O‘runov “Spartak”ni tanladimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool fan
29/07/2020 17:01
Уша Крал зобнинлари керемас боп колади хали Остон????????????
&
Diyorbek Abdumannopov
31/07/2020 06:33
OstonUrunov kuchli futbolchi hali u rossiya tugul yevropa maydonlarida ham eng mashhuriga aylanadi shunda uni tanqid qilganlar uyalib qoladi bu narsa Ostonning qolidan keladi
&
Aloneray
30/07/2020 01:16
Oston shu gapla uchun bir oʻzini koʻrsatsa oʻsha rus pragnozchisi oʻzi birinchi boʻlib maxtaydi! Biz Ostonga ishonamiz!