
"Tottenxem"ni tark etadigan 3 nafar futbolchi nomi ma’lum bo‘ldi
Londonning "Tottenxem" klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Denni Rouz, yarim himoyachi Jorj-Kevin Nkudu va hujumchi Vinsent Yanssen bilan xayrlashishga qaror qildi.Ushbu futbolchilar endi o‘zlariga yangi jamoa qidirishlari mumkin.
Ben Devis, Kemeron Karter-Vikers hamda Erik Daye jarohatidan davolanish bilan band. Serj Ore, Davinson Sanches va Viktor Vanyamalar esa milliy terma jamoalaridan qaytishgach mashg‘ulotlarga qo‘shilishadi.
Eslatib o‘tamiz, jamoaning tajribali himoyachilaridan biri Kiran Tripper kecha "Atletiko" bilan shartnoma imzoladi.
Ayni damda Singapur yig‘inida quyidagi futbolchilar ishtirok etishmoqda:
Darvozabonlar: Loris, de Bi, Gassaniga, Uaytmen
Himoyachilar: Alderveyreld, Foyt, Layons-Foster, Tanganga, Vertongen, Uoker-Piters
Yarim himoyachilar: Alli, Bouden, Eriksen, Georgiu, Lamela, Marsh, Moura, Ndombele, Roulz, Sissoko, Skipp, Uayt, Uinks
Hujumchilar: Keyn, Perrott, Son Xin Min.
Fikrlar