“Yuventus” futbolchilarga Ronalduga yaqinlashishni taqiqladi
“Yuventus”ning 21 yoshli yarim himoyachisi Daud Peters klub murabbiylari futbolchilarga mashg‘ulotlar chog‘ida Krishtianu Ronalduga yaqin kelishni taqiqlagani haqida gapirdi.
- Mashg‘ulotlarda murabbiylar Ronalduni ehtiyot qilishimiz kerakligini va u bilan to‘qnashib ketmasligimizni talab qilmoqda. Chunki bu futbolchi klub uchun o‘ta qimmat resurs hisoblanar ekan. Bu borada biz, yoshlarga qiyin bo‘lmoqda. Mashg‘ulotlarda Krishtianuni ehtiyot qilamiz, deb o‘z shiddatimizni namoyon qila olmayapmiz, - deydi Peters.
Yaqinda Krishtianu Ronaldu klub xodimlarida koronavirus aniqlangani munosabati bilan majburiy karantinga qarshilik qilib, terma jamoa yig‘iniga ketib qolgandi. Portugaliyalik hujumchidan o‘rnak olgan boshqa legionerlar ham klub bazasini ruxsatsiz tark etgan.
Ronaldu “Yuventus”da isyon ko‘tardi, legionerlar unga qo‘shildi
“Barsa” yulduzi Ronalduning oldiga ketmoqchi
Ular Ronalduni engish yo‘lida birlashmoqchi
Ronaldu gol uradigan butsasini ko‘z-ko‘z qildi (foto)
Ronalduni tunab ketishdi

Fikrlar