
Xushxabar: Menni Pakyaoning hamyurtini qulatgan Qudratillo WBC kumush kamari uchun kurashadigan bo‘ldi
Malayziyadagi professional boks kechasida o‘zbekistonlik professional bokschilar reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan Qudratillo Abduqahhorov to‘qqizinchi jangini filippinlik pancher Romeo Jakosalemga qarshi o‘tkazdi.
Sakkiz raundga mo‘ljallangan bu jang beshinchi raundda to‘xtatildi. Filippin reytingida ikkinchi pog‘onani egallab turgan Menni Pakyaoning hamyurti o‘zbek yigitining zarbalariga umuman dosh berolmadi va nokautga uchradi.

Bu yil Qudratilloni muhim janglar kutib turibdi. Hamyurtimiz 10 fevral kuni Singapurda tashkil etiladigan professional boks kechasida Xalqaro boks tashkiloti - IBO yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni, janubiy afrikalik Tsiko Mulovedziga (11-7-3, 6 KO) qarshi jang o‘tkazadi.
Ushbu jangdan keyin Qudratillo Abduqahhorov Zimbabve bokschisi, WBC kumush kamari sohibi Charlez Manyuchi (20-2-1, 12 KO) bilan jang qiladi. Ushbu bahs 25 mart kuni Singapurda tashkil etiladi.

Ushbu xabardan qisman yoki to‘liq foydalanganda SPORTS.uz axborot portalining nomi aniq ko‘rsatilishi hamda havola (link) berilishi shart!
Fikrlar