
APL hujumchilari bitta golni necha daqiqada kiritishadi?
Bugun APLdagi futbolchilar bitta gol uchun necha daqiqa sarf etishayotgani bilan sizlarni tanishtiramiz. Albatta, bu nisbiy narsa va bu o‘rtacha hisoblangan natijalardir.
Legionerlarimiz. Yurtdoshlarimizning dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan o‘yinlari haqida
Xalqaro Chempionlar kubogi turniri haqida
“Boka Xuniors”ning qimmatbaho sotuvlari
Zlatan Ibragimovich – 156 daqiqa
Zlatan ushbu mavsum avvalida “MYu”ga kelib qo‘shildi va yangi jamoaga tezda moslashib keta oldi. Buni uning gollaridan ham bilish mumkin – 42 o‘yinda 27 ta gol. APLdagi natijalar ham yomon emas – 26 uchrashuvda 16 ta gol. Xaliyam, shved diskvalifikatsiya sabab APLdagi ikki o‘yinni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keldi. Bo‘lmasa, gollar hisobi yanada salmoqli bo‘larmidi… Ibragimovich statistikalarimizga ko‘ra har 156 daqiqada APLda raqiblar darvozasini ishg‘ol etmoqda ekan.
>>“Sevilya”ning qimmatbaho sotuvlari
Diego Kosta – 141 daqiqa
Kosta bu mavsum “Chelsi”ga kelganidan buyon eng yaxshi mavsumini o‘tkazmoqda. Hozirning o‘zidayoq asli braziliyalik bo‘lgan ispan hujumchisi 18 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga ulgurdi. Shulardan 17 tasi APL o‘yinlariga to‘g‘ri keladi. Bu mavsum Kosta APLda 26 ta o‘yin o‘tkazganligini inobatga oladigan bo‘lsak, Diego har 141 daqiqada to‘p kiritayotganini ko‘rishimiz mumkin.
>>Ishsiz yurgan top murabbiylar
Aleksis Sanches – 131,1 daqiqa
Sanches xususida ham Kostaga bildirilgan fikrlarni keltirish mumkin. Aleksis bu mavsum Londonga kelganidan buyon eng yaxshi mavsumini o‘tkazmoqda. Garchi, uning jamoasi jiddiy titullarga erishmayotgan bo‘lsada, chililik futbolchi bu mavsum 22 bor gol kiritishga ulgurdi. APLdagi gollar soni esa bu gollarning 18 tasini tashkil etmoqda. Sanchesga APLda bitta gol kiritish uchun o‘rtacha 131 daqiqadan biroz ko‘proq vaqt kerak bo‘lmoqda.
>>Terma jamoada sovrin yuta olmagan 10 yulduz
Serxio Aguero – 127,3 daqiqa
Manchesterda oltinchi mavsumini o‘tkazayotgan Aguero bu mavsum Angliya chempionatida har 127 daqiqada gol kiritmoqda. Albatta, mavsumning aksariyat qismini zahirada o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgani ham uning mazkur reytingdagi natijalarini yuqorilashiga olib keldi.
>>“Real” akademiyasidan ham kuchli futbolchilar chiqadi
Romelu Lukaku – 125,6 daqiqa
“Everton” tarixidagi eng qimmatbaho futbolchi sanaladigan Lukaku bu mavsum APLda to‘purarlar jadvalida karvonboshilik qilib kelmoqda. Hozirda belgiyalik hujumchi hisobida 21 ta gol mavjud va unga buncha to‘p kiritishi uchun 30 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Buni daqiqalarda hisoblaydigan bo‘lsak 125,6 daqiqaga teng demakdir.
>>“Tillari biyron” Pikedan o‘ziga xos iqtiboslar
Xarri Keyn – 99,7 daqiqa
Keyn bu mavsum APLda 19 ta gol kiritdi va og‘ir jarohat sabab mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. “Shporlar”ning asosiy hujumchisi bo‘lgan Keynga bitta gol kiritish uchun 99,7 daqiqa etarli bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin.
Olive Jiru – 97,1 daqiqa
Jiru bu mavsum asosan zahirdan o‘yinga qo‘shilib, “joker”lik qilmoqda va o‘zining muhim gollari bilan “to‘pchilar”ni qiyin vaziyatdan olib chiqmoqda. Bizning reytingimizdagi daqiqalar va gollar nisbati bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich aynan frantsiyalik hujumchiga tegishlidir.
Izoh: Statistika 04.04.2017 holatiga
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- “Real”ning 7-raqam egalari
- Ahmedov Irismetovni quvib o‘tdi yoxud O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar