“Barselona” – “PSJ ” uchrashuviga oid 12 ta fakt

  • 8 mart, 2017, 13:46
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun tunda EChL 1/8 final doirasida ikkita javob bahsi bo‘lib o‘tadi. Jumladan, “Barselona” o‘z maydonida “PSJ”ni qabul qiladi. Bo‘lajak uchrashuv oldidan esa biz mazkur bahsga aloqador bo‘lgan ayrim faktlar bilan sizlarni tanishtiramiz.

Mavzuga oid: “Barselona” darvozasini EChLda “ilma-teshik” qilgan jamoalar

1. 2014/15 yilgi mavsumda bu ikki jamoalar o‘zaro 4 marta bahs yuritishgan. 6-turda “Kamp Nou”da kechgan o‘yinda Zlatan Ibragimovich parijliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, MSN triosi bu golga bittadan javob qaytarishgan edi – 3:1.

2. Bundan oldin esa 2-turda “Park de Prens”da o‘tgan bellashuvda mezbonlar kataloniyaliklarni mag‘lub etishning uddasidan chiqqan edi – 3:2. O‘shanda “PSJ” safida gollarni David Luis, Marko Veratti xamda Blez Matyuydilar kiritgan bo‘lsa, “Barsa” safida Messi va Neymarlar Sirigu darvozasini ishg‘ol etgan edilar.

3. Bu ikki jamoalarning yo‘li chorak finalda yana kesishgan edi. Pley-offdagi har ikki o‘yinda esa “Barselona” g‘alaba qozongan. “Park de Prens”dagi bellashuvda Neymar va Suares(2 ta)larning gollariga mezbonlar qaysidir ma’noda Jeremi Matening avtogoli bilan javob qaytargan edilar.

4. “Kamp Nou”da esa Neymarning “dubl”i evaziga Luis Enrike shogirdlari 2–0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

5. “Barselona” o‘z maydonida frantsuz klublariga deyarli umuman imkon bermagan: 7 g‘alaba, ikki durang va bir mag‘lubiyat. Umuman olganda “Barsa” frantsuz jamoalari bilan 21 marta ro‘baro kelgan. Ulardagi natijalar esa quyidagicha ko‘rinish olgan: 12 g‘alaba, 5 durang va 4 mag‘lubiyat.

6. Luis Enrike jamoasi EChL doirasida “Kamp Nou”da kechgan ketma-ket 14 o‘yindirki, faqat g‘alaba qozonib kelmoqda. So‘nggi bor “blaugranaslar” o‘z uyida 2013 yilning sentyabr oyida mag‘lubiyatga uchragan;

7. “Barselona” mana ketma-ket 14 yildirki, EChLning bahorgi mavsumida ham o‘ynab kelmoqda. Bu yil esa Enrike shogirdlari guruhda “Manchester Siti” 6 ochkoga ortda qoldirgan xolda pley-offga chiqdi va ketma-ket 10 mavsumdirki, “ko‘k-anorranglilar” o‘z guruhlarida etakchilikni hech kimga bermay kelmoqda;

8. Bu mavsum “Barsa” o‘z maydonida o‘tgan har uchchala bahsda g‘alaba qozongan. To‘plar nisbati – 15:0;

9. Agarda bugun mezbonlar chorak finalga chiqishga o‘zlarida kuch topa bilishsa, yana bir rekord o‘rnatiladi. Gap shundaki, kataloniyaliklar mana ketma-ket 9 mavsumdirki chorak finalga chiqib kelishmoqda va agarda, bugun mazkur an`ana davom etadigan bo‘lsa, jamoa bu borada rekord o‘rnatadi.

10. “Barselona” pley-offning ilk o‘yinida mag‘lubiyatga uchragan holat 26 qayd etilgan va shularning 12 tasida “blaugranaslar” musobaqadagi yurishlarini davom ettirishgan;

11. “PSJ” esa ketma-ket 4 mavsumdirki, chorak finalda muntazam ishtirok etib kelmoqda;

12. Parijliklar ispan jamoalari bilan 12 marta to‘qnash kelgan va shulardan faqat 4 tasida frantsuzlar g‘alaba qozongan bo‘lsalar, 6 bor mag‘lubiyatga uchragan va qolgan ikki o‘yinda esa g‘olib nomi aniqlanmagan;

 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!