Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Bavariya”ning so‘nggi 5 sardori

Izohlar: 0

Kecha Germaniya Bundesligasi so‘nggi turida “Frayburg”ga qarshi bahsda Myunxenning “Bavariya” klubi sardori Filipp Lam o‘zining xayrlashuv o‘yinini o‘tkazdi. Shu munosabati bilan, bugun biz myunxen super klubining so‘nggi 5 sardori bilan sizlarni tanishtirmoqchimiz.

Tomas Xelmer – 1997-98 yillar

“Arminiya” klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Xelmer keyinchalik faoliyatini “Borussiya Dortmund”da davom ettiradi. 1992 yilda 7,5 mln evro evaziga “Bavariya” safiga kelib qo‘shilgan himoyachi shu yilning 15 avgustidayoq debyut qiladi va debyut o‘yinidayoq gol kiritishga muvaffaq bo‘ladi. 1997 yilda esa Lotar Matteusdan sardorlik bog‘ichini qabul qilib olgan Xelmer mahalliy arenada qo‘lga kiritilishi bo‘lgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritadi.

>>“Real”ga muhlislik qiluvchilar buni bilishlari kerak! 

Shteffan Effenberg – 1999-02 yillar

Effenberg Gamburgning “Viktoriya” klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. 17 yoshida Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi nigohiga tushgan Effenberg 18 yoshga to‘lganida aynan ushbu klub bilan o‘zining ilk professional shartnomasini imzolaydi. “Borussiya”da 3 yil to‘p surgan Effenbergni 1990 yil 4,5 mln markaga “Bavariya” sotib oladi. Uning injiq va o‘ziga xos bo‘lgan xarakteri sababli Myunxenda ham Effenbergning ishlari u qadar yurishmaydi. Muxlislar unga nisbatan xushtakbozlik qilar edi. Keyinchalik “Fiorentina” xamda “Borussiya Myunxengladbax”da o‘ynagan Effenberg 1998 yilda yana “Bavariya”ga qaytishni istab qoladi va myunxenliklar safidagi keyingi 4 yil davomida ajoyib o‘yinlar namoyish etib, “Bavariya” safida barcha yutish mumkin bo‘lgan xalqaro va ichki musobaqalarda g‘olib chiqadi.

>>Messi xali eta olmagan, Ronaldu esa shaxdam odimlayotgan rekord haqida

Oliver Kan – 2002-08 yillar

Futboldagu ilk saboqlarini “Karlsrue”da olgan Kan 1994 yil 2,3 mln evro evaziga “Bavariya” safiga ko‘chib o‘tadi. Shundan 8 yil o‘tib Kan Effenbergdan sardorlik bog‘ichini qabul qilib oladi. Umuman Kan myunxenliklarni sardor sifatida 270 bahsda maydonga boshlab tushgan. “Bavariya”da 6 mavsum sardor bo‘lgan Kan sardor sifatida jami 10 ta sovrinni boshi uzra baland ko‘tarishga muvaffaq bo‘lgan.

>>Buffon eta olmagan rekord haqida 

Mark van Bommel – 2008-11 yillar

2006 yilgi yozgi transferlar vaqtida 6 mln evro evaziga “Barselona”dan xarid qilingan van Bommel Myunxendagi ilk mavsumdayoq jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Oradan 3 yil o‘tgach esa gollandiyalik yarim himoyachi, Oliver Kan faoliyatini yakunlaganidan so‘ng jamoa sardori bo‘ldi. Uning sardorligida jamoa mahalliy arenada barcha sovrinlarni qo‘lga kiritadi. 2010 yil Madridda o‘tgan finalda esa “Bavariya”ni sardor sifatida maydonga boshlab tushgan van Bommel va uning jamoasi “Inter” oldida hech nima qila olmagan edi. 2011 yilda esa Mark erkin agent sifatida “Milan” bilan shartnoma imzolaydi.

>>Messini kamsitmang!

Filipp Lam – 2011-17 yillar

“Bavariya” akademiyasidan etishib chiqqan Lam 2003 yil tajriba orttirish masadida “Shtutgart”ga ikki mavsumga ijaraga beriladi. 2005 yilda Myunxenga qaytgan Lam og‘ir jarohatga yo‘liqadi va oktyabr oyiga kelibgina safga qaytadi va shundan buyon jamoaning asosiy “yuragi” bo‘lib kelayotgan edi. 2011 yilda van Bommel “Bavariya”nit ark etgach, sardorlik bog‘ichi aynan Filippga topshiriladi. 6 yil davomida “Bavariya”ni sardor sifatida 250 ga yaqin o‘yinda maydonga boshlab tushgan Lam ham mahalliy,  ham xalqaro maydonda qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan barcha kuboklarni boshi uzra baland ko‘tarishga muvaffaq bo‘ladi.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q