Bugun Nyu-Yorkdagi boks kechasida Fazliddin G‘oibnazarov ham ringga chiqadi

  • 18 yanvar, 2019, 11:37
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Kecha Nyu-York shahrida bugun bo‘lib o‘tadigan boks janglaridan oldin vazn tortish marosimi o‘tkazildi.

Tecno

Boks oqshomining asosiy qarama-qarshiligida super og‘ir vazn toifasining IBF International va WBO NABO chempionlik kamarlari sohibi 34 amerikalik Brayant Jennings boks bo‘yicha Kolumbiya  terma jamoasi sobiq a’zosi hamda 2008 yilgi Olimpiada chempioni 31 yoshli Oskar Rivasga qarshi o‘tkazadi.

Jahon chempionligi tituliga sobiq da’vogar Brayant 225,25 funt (102 kg) vazn to‘plagan bo‘lsa, uning raqibi 234 funt (106 kg) tosh bosdi.

Shuningdek, ushbu boks kechasining yana bir to‘qnashuvida Rio-2016 Olimpiadasi chempioni hamyurtimiz Fazliddin G‘oibnazarov ham ringga ko‘tariladi. U bu jangga qadar 141,5 funt / 64,1 kg vaznga ega bo‘lgan bo‘lsa, raqibi Rikardo Garsiya 142 funt / 64,4 kg undan biroz ozgina og‘irroq chiqdi.

fazliddin g.

Eslatib o‘tamiz, Fazliddin professional ringda 6 marotaba jang qilgan va ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba g‘alaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Bitta bahsda esa durang qayd etgan.

> Fazliddin G‘oibnazarovning jang oldidan bildirgan fikrlari

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
King of World
18/01/2019 16:40
Эээ шу бола ҳам яхши кетяпти. Бос газни.. фахрланиб юрайлик. Мутлоқ чемпионлар чиққан деб...
&
darwesh
18/01/2019 13:16
Боксда куп истеъдодли спортчиларимиз бор. Уларни бутун дуне таниши керак деб уйлайман. Биз эса шундай хамюртларимиз борлигидан фахрланиб юришимиз керак